Zikriyaev Zokir Mamirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehnat bozorida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt393.
Ilmiy rahbar: Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Urolovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alijonov O‘tkirjon Maxamadalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozorida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirishni nazariy-amaliy asoslarini yaratish asosida aholining mazkur qatlamini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishsiz yoshlarning ish bilan bandligiga ko‘maklashishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali ishsiz yoshlarni ishga joylashishlarida ko‘maklashuvchi maxsus agentlarga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovni amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida ish beruvchilarga bir martalik subsidiyalar berish va kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratish taklif etilgan;
ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o‘qitish yuzasidan nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qisqa muddatli kurslar sonini “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari orqali ko‘paytirish va ularni moliyalashtirish taklif etilgan;
“WorldSkills” metodologiya va talablariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasbga tayyorlash ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va kasbiy malakani baholash tizimini joriy etish asosida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat bozorida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ishsiz yoshlarning ish bilan bandligiga ko‘maklashishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali ishsiz yoshlarni ishga joylashishlarida ko‘maklashuvchi maxsus agentlarga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovni amalga oshirish mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 964-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasi “Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi mahalliy bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish” loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 01/00-02/00-4964-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tegishli hududiy organlarida ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilarni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari jumlasidan bo‘lgan ish beruvchilarni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish hamda bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga tadbirkorlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni kiritish imkonini bergan;
ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida ish beruvchilarga bir martalik subsidiyalar berish va kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan vazirlikning 2019 yil 10 maydagi 19-2019-B-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 01/00-02/00-4964-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ish beruvchilarga bir martalik aubsidiya va ta’lim muassasalariga grantlar ajratish yo‘lga qo‘yilgan;
ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o‘qitish yuzasidan nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qisqa muddatli kurslar sonini “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari orqali ko‘paytirish va ularni moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 669-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan “Ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o‘qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini ko‘paytirish va sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi”ning 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 01/00-02/00-4964-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalar, o‘quv dasturlari asosida o‘qitish imkoniyatiga hamda boshqa zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari bilan o‘zaro natijaga yo‘naltirilgan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan mazkur ta’lim muassasalarida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, muddatlari va ixtisosliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishsiz yoshlarning keng ommasiga etkazish bo‘yicha choralar ko‘rish, bandlikka ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida yuborilgan ishsiz yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketgan xarajatlarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish imkonini bergan.
“WorldSkills” metodologiya va talablariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasbga tayyorlash ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va kasbiy malakani baholash tizimini joriy etish asosida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 394-son qaroriga 2-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2019¬¬-2021 yillarda ishchi kasblarni yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning 4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 01/00-02/00-4964-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mehnat bozorining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, kasbga o‘qitishni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalashtirish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholashning xalqaro tizimini joriy etish imkonini bergan.