Klimashkin Aleksey Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila o‘sishi cheklanishi sindromining skrining instrumentlari va profilaktika imkoniyatlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib416.
Ilmiy rahbar: Rasul`-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ukraina tibbiyot fanlari milliy akademiyasi Akademik O.M.Lukyanova nomidagi Pediatriya, akusherlik va ginekologiya instituti (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homila o‘sishi cheklanishi sindromining skrining instrumentlari va profilaktika imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tug‘ilganda tana vazni kam va homila o‘sishi cheklanishi sindromi bo‘lgan chaqaloqlar tug‘ilish chastotasi aniqlangan va ushbu holatlarning gipertenziv sindrom, tug‘ruq o‘rtasidagi qisqa interval va birinchi trimestrdagi qindan qonli ajramalar kabi eng muhim tibbiy-biologik va ijtimoiy xavf omillari aniqlangan;
homila o‘sish kinetikasi, homila rivojlanishining individuallashtirilgan grafiklari shakllantirilgan hamda homilaning yakuniy optimal vaznini hisoblash mumkinligi aniqlangan;
ilk bor homilador ayolning bo‘yi, gestatsiya davri boshidagi vazni, pariteti va etnik kelib chiqishi homilaning tug‘ilishdagi vazniga ta’sir qilishi va uning uchinchi trimestrda homila vaznining o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
aorta bo‘yinchasidagi so‘nggi diastolik qon oqimi va serebro-platsentar munosabati ko‘rsatkichlari homila o‘sishi cheklanishi sindromida rivojlanishi va nojo‘ya perinatal natijalarini bashoratlashi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homila o‘sishi cheklanishi sindromining skrining instrumentlari va profilaktika imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekiston aholisining individuallashtirilgan o‘sish jadvallarini qo‘llash orqali homila o‘sishini skrining baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8n-r/118-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston aholisining individuallashtirilgan o‘sish jadvallarini qo‘llash orqali homila o‘sishini skrining baholash, homila o‘sishi cheklanishi sindromi rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan homilador ayollarda uning oldini olish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida qo‘llashga xizmat qilgan;
homila o‘sishi cheklanishi sindromini skrining qilish va profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika perinatal markazi va Navoiy viloyati perinatal markazi maslahat poliklinikalari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 maydagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi).  Joriy qilingan natijalar homila o‘sishi cheklanishi sindromi rivojlanish xavfini erta tashxislash, homiladorlik davrini nazorat qilish, tug‘dirish usullarini optimallashtirish hamda HO‘ChS bilan bog‘liq perinatal asoratlarning oldini olishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish