Maxkamova Nargiza Utkurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali serebrovaskulyar etishmovchilik bilan assotsirlangan arterial gipertenziyaning klinik-patogenetik xususiyatlari va davolashga differensial yondashuv», 14.00.06–Kardiologiya, 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib273.
Ilmiy maslahatchi: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muradov Faxmiddin Xayriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sabirov Ibragim Samijonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arterial gipertoniya bilan assotsirlangan surunkali serebrovaskulyar etishmovchilikning klinik-patogenetik va molekulyar-genetik xususiyatlarini aniqlash, ularning farmakoterapiyasiga differensial yondashuvlarni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor AGli bemorlarda serebrovaskulyar kasalliklarning rivojlanishi omili sifatida qon-bosim sutkalik profilining ko‘rsatkichlaridan “non-dipper”, “nayt-pikker” va pul`sli AB yuqori bo‘lishi  va AGning davomiyligi aniqlangan;
AGli bemorlarda nishon a’zolarning shikastlanish darajasi (diastolik disfunksiya, hajmli qon oqimi, arteriyalar qattiqligi indeksining o‘zgarishlari, bir va ikki tomonlama aterosklerotik blyashkalar) va surunkali serebrovaskulyar ishemiya hamda kognitiv buzilishlar o‘rtasidagi  bog‘liqlik asoslangan;
ilk bor ACE geni I/D polimorfizmi D-alleli va DD genotipi, APOE geni ε2/ε3/ε4 polimorfizmi ɛ4-alleli, eNOS geni 4a/4b polimorfizmi 4a-alleli i 4a/4a genotipi o‘zbek millatiga mansub AGli bemorlarda serebrovaskulyar kasalliklar rivojlanishida shikastlovchi omillar ekanligi aniqlangan;
AGli bemorlardagi serebrovaskulyar ishemiya bosqichini hisobga olgan holda antigipertenziv vositalarning vazoaktiv va neyroprotektiv xususiyatlarga ega vositalar bilan qo‘llanilishi bemorlarda kognitiv o‘zgarishlarni davolashda ijobiy roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali serebrovaskulyar etishmovchilik bilan assotsirlangan arterial gipertenziyaning klinik-patogenetik va genetik xususiyatlari va differensial davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
“Arterial gipertoniyaning serebrovaskulyar asoratlari diagnostikasini va terapiyasini optimallashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada ishlab chiqilgan ma’lumotlarning amalda joriy etilishi miyaning surunkali ishemiyasi bor AGli bemorlarda bazis terapiyaning antiagregant va gipolipidemik preparatlar bilan birgalikda qo‘llanilishi natijasida ijobiy samara olib kelishiga erishilgan.
 «Surunkali serebrovaskulyar asoratlari bor arterial gipertoniyali bemorlarda neyroproteksiyaning insul`t va kognitiv buzilishlarni profilaktikasidagi roli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada ishlab chiqilgan ma’lumotlarning amalda joriy etilishi miyaning surunkali ishemiyasi bor AGli bemorlarda bazis terapiya bilan birgalikda kombinirlangan neyroproteksiya qo‘llanilishi bosh miya ishemiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, serebrovaskulyar xavfni maksimal darajada pasaytirishga erishilgan;
AGda surunkali serebrovaskulyar etishmovchilikning klinik-patogenetik xususiyatlari, genetik omillarninig kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishidagi diagnostik ahamiyati va  farmakoterapiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalarining tegishli qismlari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan  Toshkent va Jizzax viloyatlari kardiologiya dispanserlarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi AGning  serebrovaskulyar asoratlarini erta tashxis qilishga, kasallik kechishini o‘z vaqtida klinik baholashga, davolashga samarali yondashishga, hayot sifatini yaxshilashga va bosh miya insulti hamda demensiya rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan nogironlik darajasini kamaytirish, gospitalizatsiya va reabilitatsiya uchun mablag‘larni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish