Nasretdinova Maxzuna Taxsinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Periferik va markaziy koxleovestibulyar buzilishlarida kompleks diagnostikasi va ularning reabilitatsiya yo‘llarini takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2018.1.DSc/Tib270.
Ilmiy maslahatchi: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya  instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Nakatis Yakov Aleksandrovich (Rossiya Federatsiyasi) tibbiyot fanlar doktori, professor; Xasanov Saidakram Askarovich, tibbiyot fanlar doktori, professor;  Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich,  tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ukraina TFMA prof. A.I.Kolomiychenko nomidagi Otorinolaringologiya instituti (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: periferik va markaziy koxleovestibulyar     buzilishlarda bemorlarning kompleks diagnostikasi va reabilitatsiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
periferik koxleovestibulyar buzilishlar bilan kasallangan bemorlarda bir tomonlama eshitishning pasayishi, ichki quloq yarimoysimon kanallari joylashuvining buzilishi natijasida bosh aylanishi holatlarining yuzaga kelishi, ko‘z olmalarining beixtiyor (yotiq, aylanma) harakati bilan bog‘liq holda namoyon bo‘luvchi klinik ko‘rinishlar aniqlangan;
surunkali bosh miya ishemiyasi bilan kasallangan bemorlarda tizimsiz bosh aylanishi xurujlari, quloqlarda shovqin va ko‘z olmalari harakatlari yo‘nalishining to‘liq o‘zgarishi kabi reaksiyalarning sodir bo‘lishi aniqlangan;
biologik qayta bog‘lanish bilan periferik buzilishlarda asosiy holat muvozanati turg‘unligining kamayishi  hisobiga vestibulyar tebranishlar tezligining oshishi va natijada statokineziogramma uzunligining ishonchli ortishi hamda postural o‘zgarishlar o‘sishining kuzatilishi aniqlangan;
surunkali bosh miya ishemiyasi, xurujlanuvchi holatiy bosh aylanish bilan og‘rigan bemorlarda kal`siy-fosfor almashinuvi ko‘rsatkichlari pasayishi, Men`er kasalligida esa D vitamini tanqisligining kuzatilishi aniqlangan;
periferik, markaziy eshitish va vestibulyar buzilishlar bilan xastalangan bemorlarda diagnostik tekshiruvlar kasallikning erta davrlarida zararlanish ketma-ketligi va og‘irlik darajasi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Periferik va markaziy koxleovestibulyar buzilishlarida kompleks diagnostikasi va ularning reabilitatsiya yo‘llarida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Vestibulyar buzilishlar bo‘lgan bemorlarni tekshirishning diagnostik mezonlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma vestibulyar buzilishlar  bo‘lgan bemorlarni tekshirishning diagnostik mezonlarini aniqlash imkonini bergan;
«Xavsiz xurujlanuvchi holatiy bosh aylanishi bo‘lgan bemorlarda takomillashtirilgan usulni qo‘llash» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma xavsiz xurujlanuvchi holatiy bosh aylanishi bo‘lgan bemorlarda etiopatogenetik davolash  samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Markaziy koxleovestibulyar buzilishlar bo‘lgan bemorlarda funksional kompyuter stabilometriyaning o‘zgarishi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma markaziy koxleovestibulyar buzilishlar bo‘lgan bemorlarda funksional kompyuter stabilometriyaning o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan;
periferik va markaziy koxleovestibulyar buzilishlarida kompleks diagnostikasi va ularning reabilitatsiya yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand tibbiyot instituti 1-klinikasi otorinolaringologiya va nevrologiya bo‘limi, Samarqand shahar markaziy kasalxonasi bazasidagi otorinolaringologiya va nevrologiya bo‘limi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 8n-z/181-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi vestibulyar buzilishlari bo‘lgan bemorlar tashxisini va reabilitatsiya usullarini qulaylashtirish, asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish