Xujanov Erkin Berdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizik tushunchalarni statistik metod asosida shakllantirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped387.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Djoraev Maxmatrasuljon, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘quv predmetini o‘qitish jarayonida fizik tushunchalarni statistik metod asosida shakllantirish va rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish, tegishli mavzular mazmuniga qo‘shimchalar hamda o‘zgartirishlar kiritish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar tarkibi (fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish; tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish; fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish) ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (tasodifiy hodisa, muqarrar hodisa, ehtimollikning statistik va geometrik ta’rifi)ga oid elementlarni kiritish asosida aniqlashtirilgan;
fizika fani mazmuni ehtimoliy-statistik tushunchalar (statistik metod, statistik qonuniyat, statistik sistema, termodinamik muvozanat, diffuziya, xaos, mikroholat, makroholat)ning o‘zaro integrativ xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizika o‘qitish jarayonida statistik usullardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mantiqiy mushohada yuritish (analiz, sintez, anologiya, umumlashtirish) ko‘nikmalari va amaliy bilimlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari (motivatsion, kognitiv, refleksiv) fanlararo bog‘liqlik asosida takomillashtirilgan;
o‘quv materiallari orasidagi bog‘liqlikni uzviylik, yahlitlik, sistemalilik, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida kengaytirish va ishlab chiqish orqali fizikani statistik usuldan foydalanib o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti (o‘quv qo‘llanma va metodik qo‘llanma) mazmunan takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizik tushunchalarni statistik metod asosida shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar tarkibi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari, fizika fani mazmuni ehtimoliy-statistik tushunchalarning o‘zaro integrativ xususiyatlariga ko‘ra taklif va tavsiyalaridan YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” (2014-2015 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi 89-03-3327-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining fizik tushunchalarni statistik metod asosida o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini kengaytirishga va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
fizika o‘qitish jarayonida statistik usullardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mantiqiy mushohada yuritish ko‘nikmalari va amaliy bilimlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlariga doir takliflari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “5110200-Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi 89-03-3327-son ma’lumotnomasi). Mazkur talab va tavsiyalar asosida o‘quv fan dasturlari ishlab chiqilib, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga imkoniyat yaratilgan;
o‘quv materiallari orasidagi bog‘liqlikni uzviylik, yahlitlik, sistemalilik, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida kengaytirish va ishlab chiqish orqali fizikani statistik usuldan foydalanib o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti mazmuni umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining “Fizika va astronomiya” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda hamda darsliklardagi mavzularning yoritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2019 yil 26 apreldagi 01/11-01/6-909-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar o‘quvchilarda o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan.