Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish uchun organik muhitda barqaror bo‘lgan immobillangan fermentlarni olish», 02.00.17–Qishloq-xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash  texnologiyalari va biotexnologiyalari; 03.00.01–Biokimyo (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T285.

Ilmiy maslahatchilari: Abdurazakova Sabira Xodjaevna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Mirzaatxam Mirzaxakimovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16.07.2013.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy oppenentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mahsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Gulyamova Toshxon Gafurovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: «Uzvinosanoat-xolding» XK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi spirtli muhitda barqaror bo‘lgan immobillangan fermentlarni olish texnologiyasini yaratish va ular yordamida spirtli ichimliklarni tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

organik muhitda barqaror bo‘lgan immobillangan fermentlar olish  optimal sharoitlari va texnologiyalari ishlab chiqilgan;

olingan fermentlarni suv-organik muhitlarda yuqori spirtlarga nisbatan substrat spesifikligi aniqlangan;

spirtli muhitda yuqori spirtlarni konversiyasini amalga oshirish uchun olingan immobillangan invertaza va esteraza fermentlarini qo‘llash optimal texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan;

immobillangan fermentlar asosida yuqori spirtlarni alkilfruktozidlarga va efirlarga aylantirish hisobiga ularni miqdorini  spirtli ichimliklar tarkibida kamaytirish ko‘rsatilgan;

invertaza va esteraza fermentlari yordamida spirtli ichimliklar tarkibidagi uchuvchan moddalarini profilini o‘zgartirish uchun yangi texnologiya ishlab chiqilgan;

ishlab chiqilgan achitqi fermentlarini qo‘llash yordamida brendi va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Organik muhitda barqaror bo‘lgan immobillangan fermentlarni olish va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

immobillangan invertaza olish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04401, 2011). Spirtli muhitda yuqori spirtlarni konversiyasini va alkilfruktozidlar hosil bo‘lishini oshirish imkonini beradi;

immobillangan esteraza olish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04595, 2012). Spirtli muhitda yuqori spirtlarni konversiyasini va efirlar hosil bo‘lishini oshirish imkonini beradi;

immobillangan invertaza yordamida spirtli ichimliklarning yuqori spirtlarini miqdorini kamaytirish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 03222, 2004).  Yuqori spirtlarni miqdorini kamaytirish imkonini beradi; 

immobillangan esteraza  yordamida spirtli ichimliklarning sifatini  yaxshilash texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04852, 2014). Brendi tarkibidagi yuqori spirtlarni miqdorini kamaytirish va enant efirlar bilan boyitish imkonini beradi; 

immobillangan esteraza fermenti «Kombinat Tashkentvino» ChI AJda brendi ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etilgan («O‘zvinprom-Xolding» XKning 2016 yil 23 fevraldagi 04-401-son ma’lumotnomasi). 70 ming dal brendi ishlab chiqarish jarayonida distillyatlarni saqlash muddatini 2 yilga qisqartirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish