Azizova Zulfizarxon Fazilovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘g‘irchoq teatri vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped.869.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaeva Dono Razzakovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘g‘irchoq teatri vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy (ona Vatanga muhabbat, mehr-shafqat, rahmdillik, do‘stlik, hurmat qilish, mehnatsevarlik, intizomlilik) va estetik (go‘zallikni his qilish, atrof-muhitdagi go‘zallikni ko‘ra olish, idrok etish, mohiyatini anglash va yaratish, badiiy did) sifatlarni shakllantirish jarayoni bosqichlari ijtimoiy va pedagogik omillar ta’sirining qayta aloqaga kirishuvini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari muloqot (identifikatsiya, empatiya) va axloqiy (axloqiy me’yorlarga ongli munosabat va shaxsiy axloqiy nuqtai nazar) rivojlanish sohasiga qo‘g‘irchoq teatri va milliy musiqaning o‘zaro uyg‘un emotsional ifodaviylik darajasini kuchaytirish asosida aniqlashtirilgan;
qo‘g‘irchoq teatri vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish modelining amaliy komponenti milliy musiqa yordamida ijro etiladigan maxsus qo‘g‘irchoq spektakllarining teatr pedagogikasi (jismoniy harakatlar, rolli harakatlar, etyudlar) talablari bilan integrativ aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishning metodik tuzilmasining (mazmuni, tarkibiy asoslari, yo‘nalishlari) artpedagogika bilan o‘zaro uyg‘unlashuv darajasi materialni o‘zlashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish va fikrlash jarayonlarini faollashtiruvchi ijodiy-izlanishli vaziyatlarni intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘g‘irchoq teatri vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish jarayoni bosqichlarini aniqlashtirish, ijtimoiy va pedagogik omillar ta’sirining qayta aloqaga kirishuvini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” va maktabgacha ta’limga oid o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 03-01/1-768-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tizimida ma’naviy tarbiyani tashkil etish, tarbiyalanuvchilarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish, muloqot va axloqiy rivojlanish sohasiga qo‘g‘irchoq teatri va milliy musiqaning o‘zaro uyg‘un emotsional ifodaviylik darajasini kuchaytirish, qo‘g‘irchoq teatri vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish modelining amaliy komponentini milliy musiqa yordamida ijro etiladigan maxsus qo‘g‘irchoq spektakllarining teatr pedagogikasi talablari bilan integrativ aloqasini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD-4-108 raqamli “Yoshlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini ta’minlash: muammo va vazifalar” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 03-01/1-768-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga doir dastlabki tasavvurlarni shakllantirishda teatr pedagogikasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishning metodik tuzilmasining artpedagogika bilan o‘zaro uyg‘unlashuv darajasini hisobga olish, materialni o‘zlashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish va fikrlash jarayonlarini faollashtiruvchi ijodiy-izlanishli vaziyatlarni intensiv qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida”gi Nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 03-01/1-768-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablarni belgilashga xizmat qilgan.