Turdieva Dilfuza Tirkashboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyatida bug‘doy ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx112.
Ilmiy rahbar: Hasanov Botir Achilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoldarov Mirxalil Urazbekovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatida bug‘doy ekinlarining fitosanitar holatini (kasallik turlarini va ular tarqalishi va rivojlanishini) monitoring qilish, ulardan sariq zang kasalligining don hosiliga zarar etkazishini baholash hamda ushbu kasalliklarga qarshi yangi, zamonaviy fungisidlarning biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyatida monitoring asosida ilk bor bug‘doyzorlarning fitosanitar holati, dalalarda kasalliklar tarqalishi va rivojlanishi darajalari aniqlangan;
asosiy kasalliklarning tur tarkibi identifikatsiya qilingan va ulardan nekrotrof patogen zamburug‘lar vakillarining izolyatlari sof kul`turaga ajratilgan;
ilk bor Andijon viloyati va umuman mamlakatimiz hududi uchun bug‘doyda yangi   maysa va ildiz chirishi – mikrodoxioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Microdochium bolleyi zamburug‘ining reprezentativ izolyatlari sof kul`turaga ajratilgan;
ajratilgan Drechslera tritici-repentis, Fusarium turkumi turlari, Microdochium bolleyi, Bipolaris sorokiniana, Bipolaris spicifera va Bipolaris sp. turlarining shtammlari Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasi (World Data Center for Microorganism (WDCM) National Collection of Phytopathogenic Microorganisms (NCAM)) ma’lumotlar bazasiga WDCM862-raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan;
ilk bor bug‘doy boshoqlari «zaytun dog‘lanish» va donlari «qora murtak» kasalliklari bilan zararlanishi aniqlangan;
dala sharoitida kasallikning kuchsiz tabiiy va sun’iy infeksiya fonlarida sariq zang kasalligining bug‘doy hosiliga va hosil strukturasiga salbiy ta’sirlari aniqlangan;
davlat sinovlarida yangi urug‘ dorilagichlar va o‘suv davrida qo‘llaniladigan fungisidlarning bug‘doy kasalliklariga nisbatan biologik va xo‘jalik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatida bug‘doy ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘suv davrida bug‘doy ekinlarini aerogen kasalliklaridan himoya qilish uchun Tiltazol 50% k.e.k., Xeben Duo 40% sus.k., Vial`to Super 33% em.k., Proteb 40% k.e.k., Ayaks 50% sus.k., Bio Star 50% k.e.k., Dragon-iv 25% s.e.k., Propishans 25% em.k. va Propishans Super 33% em.k. fungisidlari hamda qorakuyalar, maysa va ildiz chirish kasalliklariga qarshi urug‘lik donni dorilash uchun Eklips 23,5% o.sus.k. va Beniksil 25% sus.k. preparatlari «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati»dan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish davlat komissiyasining 2020 yil 7-yanvar va yanvardagi 2-5-3-son va 2-5-16-son ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu preparatlarni amaliyotda keng ishlatish mumkinligi ta’minlangan;
kuzgi bug‘doy ekinlarining asosiy kasalliklari qayd etilgan barcha fermer va dehqon xo‘jaliklarida ularga qarshi himoya tadbirlari, asosan kimyoviy kurash o‘tkazilgan. Bunda tadqiqotlarda olingan ilmiy ishlanmalar Andijon viloyatining Oltinko‘l, Ulug‘nor va Jalaquduq tumanlarida fermer xo‘jaliklarida jami 680 ga hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining 15 ga bug‘doy maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30-dekabrdagi 02/025-4520-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fermer xo‘jaliklarida Top-Krop 40% k.e.k. (0,3 l/ga), Al`to Super 33% em.k. (0,3 l/ga) va Ayaks 50% sus.k. (0,5 l/ga) (ayrim hollarda boshqa fungisidlar) qo‘llanilganida 82% dan 100% gacha biologik samara olingan hamda gektariga 5,2-12,3 sentnergacha qo‘shimcha hosil olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish