Nizamov Sobirjon A’laevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sahro mintaqasi sug‘oriladigan tuproqlarida toksikantlarning tarqalishi va ularning zaharli ta’sirini kamaytirish yo‘llari (Qashqadaryo havzasi quyi qismi tuproqlari misolida)», 06.01.04 – Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx335.
Ilmiy rahbar: Risqieva Xurshida Tursunova, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01. 
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Uraimov Tojiddin, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo havzasining sahro qismida tarqalgan tuproq-suv-o‘simlik tizimining toksikantlar bilan ifloslanganlik darajasini hamda tuproqlarning ekologik holatini aniqlash, shuningdek, gumus miqdori turli xil bo‘lgan tuproqlarda toksikantlarning tuproq biotasi, faunasi, florasiga ta’sirini hisobga olgan holda, tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanishini ko‘rsatuvchi ekologik 3D xaritalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir metallarning xavflilik sinfi bo‘yicha birinchi qatorda turuvchi qo‘rg‘oshin elementi uchun ifloslanish gradatsiyasi ishlab chiqilgan;
og‘ir metallarning tuproq tarkibida ruxsat etilgan me’yorlaridan 0,5-1-2-4 barobar ko‘p bo‘lganda ularni kamaytirishga qaratilgan fitoremediatsiya agrotadbiri takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan tuproqlarda og‘ir metallarning to‘planishi sanoat korxonalaridan 10 km va undan ortiq masofalarda shamol yo‘nalishlariga bog‘liqligi isbotlangan;
Kasbi, Nishon va Muborak tumanlarida tarqalgan turli inson kasalliklarning atmosfera havosiga ajralayotgan chiqindi gazlar hamda hudud tuproqlarining ifloslanishiga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo havzasi quyi qismi sug‘oriladigan tuproqlarida toksikantlarning tarqalishi va ularning zaharli ta’sirini kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalar asosida:
cho‘l mintaqasi sug‘oriladigan tuproqlarida qo‘rg‘oshin toksik elementi bilan ifloslanish darajasi bo‘yicha gradatsiya ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2019 yil 13 noyabrdagi 02/027-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu gradatsiya «Guliston» va «Xitoy» massivlarining tuproq ekologik xaritalarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qilgan; 
tuproq tarkibida harakatchan shakldagi xrom, nikel`, kadmiy va qo‘rg‘oshin elementlarining tarqalishi o‘rganilgan bo‘lib, ifloslanish darajasiga tayangan holda, og‘ir metallar bilan ifloslanishining tuproq ekologik 3D xaritalari ishlab chiqilgan va «Xitoy» massivining 3393 gektar, «Guliston» massivining 4926 gektar maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 02/027-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tuproq ekologik 3D xaritalari sug‘oriladigan tuproqlarda zaharli elementlarning kamaytirishga qaratilgan ekologik tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
og‘ir metallar tuproq tarkibida ruxsat etilgan me’yorlardan 0,5-1-2-4 barobar ko‘p bo‘lganda ularni kamaytirishga qaratilgan fitoremediatsiya tadbiri takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 02/027-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, toksikantlar bilan ifloslangan maydonlarda mayda urug‘li o‘simliklarni 4 marta takroriy ekib olinishi 1 gramm tuproqda mikroorganizmlardan aktinomisetlar soni 1200 mingta, oligonitrofillarni 2360 mingta, aktinomisetlarning nazoratga nisbatan 2,5 barobarga oshishiga hamda zoofaunaning qayta tiklanishiga erishilgan. og‘ir metallar bilan ifloslangan maydonlarda ularning harakatchan shakllarini kamaytirishga qaratilgan fitoremediatsiya usuli takomillashtirilgan hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani «Guliston» massivining «Abduvahob Abduhalimov» fermer xo‘jaligida 2 gektar, «Ixtiyor Qo‘yliev» fermer xo‘jalikning 3 gektar er maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 02/027-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklar akkumulyasiyasi orqali tuproq tarkibida ortiqcha bo‘lgan xrom elementi 2,85 mg/kg, nikel` elementi 3,16 mg/kg miqdorda kamayishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish