Ortiqova Lola Soatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqumning sho‘rlangan tuproqlarida ozuqabop galofitlarni parvarishlash agrotexnologiyasi», 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx168.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxiddin Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01. 
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shadmanov Djamoliddin Kazakdjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqum cho‘lining sho‘rlangan tuproqlari holatini yaxshilash va shu mintaqaga mos, chorvachilik uchun yuqori sifatli ozuqabop fitomassa (pichan) to‘plash, yangi to‘yimli galofit turlarini tanlash hamda ularni etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qizilqum yaylovlari fitotsenozlarining floristik taxchilligini tiklashga xizmat qiluvchi ekin turlari tanlangan;
tanazzulga uchragan yaylovlar yangi tipdagi sermahsul hamda to‘yimli, xush ko‘rib iste’mol qilinuvchi ozuqabop turlari kohia scorharia, salsola orientalis, halothamnus subaphylla, cerotoides evrsmanniana va kochia prostrata o‘simliklari bilan boyitilgan;
ozuqabop galofitlarning senozlarga ijobiy ta’sirchanligi, yashovchanligi, o‘sish dinamikasi, yuqori fitomassa to‘plashi tuproqqa ishlov berish, ekish muddati va me’yorlariga bog‘liqligi aniqlangan;
turli hayotiy shakllar (butalar, yarim butalar, o‘tlar)dan iborat yuqori hosilli yaylov fitotsenozlari barpo etish agrotexnikasi (tuproqqa ishlov berish, urug‘ ekish muddati va me’yori) ishlab chiqilib, ularning iqtisodiy samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum cho‘lining sho‘rlangan tuproq sharoitiga mos keluvchi istiqbolli ozuqabop galofit turlaridan yukori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
istiqbolli galofit turlarini etishtirish bo‘yicha “Ozuqabop galofitlarni parvarishlash agrotexnologiyasi” mavzusida tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 noyabrdagi 02/23-567-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanoma qishloq xo‘jaligida, jumladan fermer xo‘jaliklarida va ilmiy muassasalarda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
ozuqabop galofit o‘simliklariining o‘sib rivojlanishi hamda urug‘ hosildorligiga tuproqqa ishlov berish usuli, ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri bo‘yicha 2010-2018 yillar davomida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi “Erbol Sundet-Moldir” fermer xo‘jaligining 2 gektar, “Qaraq-ata” MFY “Madaniyat” qishlog‘i hududidagi 3 gektar, jami 5 gektar maydonda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 noyabrdagi 02/23-567-son ma’lumotnomasi). Bunda, omoch yordamida erni 20-25 sm chuqurlikda ishlov berib, dekabr-yanvar oylarida makkasupurgi urug‘lari 3 kg/ga, quyrovuq o‘simligini 7 kg/ga me’yorlarda ekib parvarishlanganda, makkasupurgi hamda quyrovuq o‘simligidan gektaridan 26-30 sentner hosil etishtirilib, 1159950,0-1479750,0 so‘mgacha sof foyda olinib, rentabellik darajasi 78,4-95,5foizni tashkil etgan;
yaylov o‘simliklari hosildorligini oshirishda ozuqabop galofitlardan foydalanish agrotexnologiyasi bo‘yicha Buxoro viloyatining Kogon tumani “Zirabod” bo‘rdoqichilik xo‘jaligida 9 gektar maydonda joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 noyabrdagi 02/23-567-son ma’lumotnomasi). Natijada, su’niy yaylovlar yaratilib, tuproqqa omoch yordamida 20-25 sm chuqurlikda ishlov berilib, dekabr-yanvar oylarida quyrovuq 7 kg/ga, cho‘g‘on 9 kg/ga, teresken 6 kg/ga, izen 4 kg/ga me’yorlarda ekilib va ularni parvarishlashning maqbul agrotexnologiyasi qo‘llanilganda gektaridan 325450-1159950 so‘mgacha sof foyda olinib, rentabellik darajasi esa 24,9-78,4% bo‘lishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish