Egamova Intizor Normuxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «HCV infeksiyada Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozining diagnostik, prognostik va terapevtik jihatlari», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib63.
Ilmiy rahbar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand  davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: HCV infeksiyada Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozining diagnostik, prognostik va terapevtik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigar fibrozida tranzitor elastografiya va WFA+-M2BP markyori ko‘rsatkichlari miqdorining ortishi jigar fibrozi zo‘rayishining diagnostik mezoni ekanligi isbotlangan;
HCV etiologiyali Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozida bilirubin, sitolitik ko‘rsatkichlar miqdorining ortishi hamda oqsillar miqdorining kamayishi fibroz zo‘rayishining diagnostik mezoni ekanligi  aniqlangan;
ilk bor OIV bilan kasallangan bemorlarda HCV etiologiyali Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozi zo‘rayishi va shakllanishi xavfining yetakchi markyori IL28V gen polimorfizmi ekanligi isbotlangan;
ilk bor OIV bilan kasallangan bemorlarda HCV etiologiyali Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozi rivojlanishida rs12979860 polimorfizmining SS-bo‘lmagan genotipining uchrashi jigardagi fibroz jarayoni tezlashuviga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
HCV infeksiyada Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozi erta bosqichlarining diagnostik, prognostik va terapevtik jihatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali gepatit va jigar sirrozida jigar fibrozini aniqlashning prognostik va diagnostik usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi 8n-d/226-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali gepatit va jigar sirrozining erta bosqichlarida tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
HCV infeksiyada Chayld-P`yu bo‘yicha A sinf jigar sirrozi erta bosqichlarining diagnostik, prognostik va terapevtik jihatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy va Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 8n-z/149-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar surunkali gepatit va jigar sirrozining erta bosqichlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish, og‘ir asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish orqali  iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish