Ergasheva Sayyora Zafarjonovnaning
falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta tolali g‘o‘zaning tezpishar shakllarini yaratishda turli mutantlarni duragaylash samarasi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx92.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.
Rasmiy opponentlar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdiev Fozil Rashidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning o‘rta tolali navlari va tizmalarini turli xil mutagenlar ta’sirida nurlantirib, olingan mutantlarni mutantlararo duragaylash orqali yangi tezpishar, vilt kasalligiga bardoshli bo‘lgan boshlang‘ich ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi va istiqbolli navlarga turli xil mutagenlarni ta’sir ettirish orqali yaratilgan mutant o‘simliklarni o‘zaro chatishtirib, ularning avlodlarini aksariyat qimmatli xo‘jalik belgilar bo‘yicha gibridologik tahlil qilingan;
barcha qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchanlik mutantlar va mutant duragay avlodlarida qiyosiy o‘rganilgan va transgressiv o‘simliklarning paydo bo‘lishi mutantlararo duragaylashda yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
mutantlararo duragaylarning generatsiyalarida korrelyasion bog‘lanishlarning o‘zgarishi tahlil qilinib, bevosita seleksiya jarayoniga jalb etilgan, ya’ni tezpishar hamda tola sifati jahon bozori andozalariga javob beradigan yangi tizmalar yaratishda mutantlararo chatishtirish uslubi birinchi marotaba qo‘llanilgan;
mutantlararo duragaylash jarayonida miqdoriy belgilarning irsiyati o‘sishi natijasida ajratilgan generatsiyalarda tanlov ishlarining samarasi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta tolali g‘o‘zaning tezpishar shakllarini yaratishda turli mutantlarni duragaylash samarasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning S-2612, Sulton, Barhayot, S-2615, T-20 va T-707 navlari va tizmalarining turli mutagenlar bilan nurlantirilgan mutantlaridan foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 04/020-1281-son ma’lumotnomasi). Natijada diqqatga sazovor bo‘lgan T-19, T-25, T-32 va T-37 tizmalari yaratilgan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali murakkab mutant geterozigotali genotiplarida tezpisharlik va vilt kasalligiga bardoshlilik xususiyati hamda ko‘saklarning ochilish sur’ati aniqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 04/020-1281-son ma’lumotnomasi). Natijada bir qancha belgilar bo‘yicha noyob bo‘lgan tizmalari yaratilgan;
tola hosildorligi yuqori, tezpishar, tola indeksi yuqori yangi S-2616 navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 04/020-1281-son ma’lumotnomasi). Ushbu navning navdorligi 98 foiz bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi va Toshkent viloyati Qibray tumani Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligida 0,6 ga maydonda birlamchi urug‘chilik ko‘chatzorlari tashkil etilgan.