Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovnaning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dehqon va fermer xo‘jaliklarida sermahsul mollar guruhlarini yaratish, podalar va resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish», 06.02.03-xususiy zootexniya, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jalik fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Qx44.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nosirov Ubaydulla Nasrullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi 16.07.2013.Qx/V.25.01.

Rasmiy opponetlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kaxarov Abdusattor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboqulov Nasillo Asadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdalniyazov Baxtiyar Alimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi:  Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida podalarni shakllantirishning resurstejamkor texnologiyalarini takomillashtirish va sermahsul mollar guruhlarini yaratish, saqlash va oziqlantirish usullarini takomillashtirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

dehqon va fermer xo‘jaliklarida mahalliy, zoti yaxshilangan hamda qora-ola zotli golshtin genotipli mollarning xo‘jalik-biologik xususiyatlari aniqlangan;

podalar va resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish hamda sermahsul mollar guruhi yaratilgan;

issiq iqlim sharoitida seleksiya va resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish omillari amalga oshirilgan;

qora-ola zotli golshtin genotipli mollarning xo‘jalik-biologik belgilarini tashqi muhit faktorlariga moslashish xususiyatlari aniqlangan;

sermahsul mollar guruhini yaratishda golshtin zotli isroil, nemis va amerika seleksiyasiga xos yaxshilovchi buqalardan foydalanish hamda mahalliy mollarni flegfix simmental zoti bilan chatishtirish usullari takomillashtirilgan;

sigirlar genetik mahsuldorlik potensialini namoyon etishida ularni oziqlantirish va saqlanishining usullari ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Turli genotipli qoramollarni takomillashtirish va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

turli golshtin genotipli qora-ola zotli mollar, zoti yaxshilangan va mahalliy sigirlarni nasldorlik va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub sinovdan o‘tkazilib, amaliyotga joriy etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining 18.03.2016 y., 51/02-38-son ma’lumotnomasi);

golshtin va flegfix simmental zotlari genotipiga mansub podalar-ning nasldorlik va mahsuldorlik sifatini oshirish texnologiyalari Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 2 ta naslchilik fermer xo‘jaliklarida, Qibray tumanidagi 3 ta chorvachilik fermer xo‘jaliklarida va Bo‘ka tumanidagi 10 ta shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 13.04.2016 y., 02/12-1194-son ma’lumotnomasi). Bunda, flegfix simmental genotipli sigirdan olingan sof foyda 2,01 martaga, qora-ola zotli isroil, nemis va amerika golshtin genotipli sigirlarda 1,38-1,42 martaga oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish