Shakirov Qaxramon Jo‘rabaevichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida golshtin va flegfix simmental zotlarining iqlimga moslashish, nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirish», 06.02.03-xususiy zootexniya, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jalik fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Katta ilmiy xodim izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Qx46.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nosirov Ubaydulla Nasrullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi 16.07.2013.Qx/V.25.01.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boboqulov Nasillo Asadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xolmirzaev Do‘smuxammad, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdalniyazov Baxtiyar Alimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
naslchilik fermer xo‘jaliklarida import qilingan golshtin va flegfix simmental zotli mollarning iqlimga moslashish, nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirish genetik mahsuldorlik potensialini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor naslchilik fermer xo‘jaliklarining zamonaviy saqlash tizimi hamda optimallashtirilgan oziqlantirish texnologik sharoitlarida xitoy, nemis, sloveniya golshtin mollarining nasldorlik, mahsuldorlik va biologik xususiyatlari ishlab chiqilgan;
sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikning tog‘ oldi hududida flegfix simmental zotli mollarning sharoitga moslashish, xo‘jalik foydali va biologik sifatlari aniqlangan;
yaxshilovchi zotlarni nasldorlik va mahsuldorlik xususiyatlarining shakllanishi yangi iqlim sharoitida aniqlangan;
genotip-muhit va seleksiya belgilarining bog‘lanishligi isbotlangan;
import qilingan golshtin va flegfix simmental zotlarning turli hududiy va konstitusiya tiplarining nasldorlik, mahsuldorlik va biologik sifatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chetdan keltirilgan qoramollarni respublikada fermer xo‘jaliklariga moslashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
respublikaga Gollandiya, Germaniya, Avstriya, Sloveniya va boshqa Evropa davlatlaridan «yaxshilovchi» golshtin va flegfix simmental zotli mollar olib kelinib, issiq iqlim sharoitiga moslashishi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub sinovdan o‘tkazilib, amaliyotga joriy etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining 18.03.2016 y., 51/02-39-son ma’lumotnomasi);
golshtin va flegfix simmental zotlarining iqlimlashish xususiyatlari, nasldorlik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini O‘zbekiston sharoitida takomillashtirish ishlari Toshkent viloyatining to‘rtta naslchilik fermer xo‘jaliklarida («Rohatoy», «Milk-agro» MChJ) Zangiota, («Azizjon») Qibray va («Xoji-Akbar») Ohangaron tumanlarida joriy etilgan. Bunda, xitoy va nemis golshtin sigirlaridan olingan sof foyda 1,26-1,36 martaga, sloveniya va nemis golshtinlarida 1,65-1,81 martaga oshgan. Flegfix simmental zotli mollarniki tegishlicha 1,58 martaga tenglashgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 13.04.2016 y., 02/12-1195-son ma’lumotnomasi).