Annaqulov To‘lqin Jovbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘mir konlarini qazib olishda mobil komplekslarni qo‘llash bilan davriy-uzluksiz texnologiyalarni jadallashtirish», 04.00.10–Geotexnologiya (ochik, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T303.
Ilmiy rahbar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori; Maxmudov Azamat Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘mir konlarini qazib olish texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini oshirish uchun mobil maydalash-qayta yuklash-konveyer komplekslaridan foydalanib, davriy-uzluksiz texnologik sxemasini ishlab chiqish va texnologik ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda mobil maydalash-qayta yuklash-konveyer komplekslari (MMQYuKK) uskunalarining texnologik ko‘rsatkichlarini tanlash va hisoblash usuli asoslangan va strukturaviy sxemasi ishlab chiqilgan;
MMQYuKK ishlatilganda ekskavator ish zaboyining optimal kengligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan va ekskavator unumdorligining zaboy kengligiga bog‘liqligi aniqlangan;
MMQYuKKning texnologik parametrlarini yuqori aniqlikda hisoblashga yordam beruvchi kompleksning ish vaqti va yillik unumdorligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
kon ishlarini yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda dinamik rivojlanishini ta’minlovchi MMQYuKK ishlatish bilan qoplama jinslarni qazib olishning yangi texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va MMQYuKK yillik unumdorligining blok uzunligiga bog‘liqligi aniqlangan;
ish frontining optimal uzunligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan va MMQYuKK bilan qazib olishda konveyer transporti ish fronti uzunligining umumiy nisbiy xarajatlarga parabolik bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘mir konlarini qazib olishda mobil maydalash-qayta yuklash-konveyer komplekslarini ishlatish bilan davriy-uzluksiz texnologik sxemalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mobil maydalash-qayta yuklash-konveyer kompleksini qo‘llash bilan ishlab chiqilgan texnologik sxemasi «O‘zbekko‘mir» AJning Angren ko‘mir konida joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2019 yil 1 avgustdagi 01-13/1028-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘mir konini ochish samaradorligini oshirish, qazib olish xarajatlarini kamaytirish va razrez transport tizimi texnologik uzluksizligini oshirish imkonini bergan;
mobil komplekslar qo‘llanilgandagi ishlab chiqilgan zaboy optimal parametrlari «O‘zbekko‘mir» AJning Angren ko‘mir konida joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2019 yil
1 avgustdagi 01-13/1028-son ma’lumotnomasi). Natijada kon mashinalarining ishsiz vaqtlarini va transport harajatlarini kamaytirish, «ekskavator-maydalash qurilmasi-konveyer transporti» tizimining unumdorligini oshirish, kompleksning bo‘sh yurishlari vaqtini 58,9%ga, s’ezd pog‘onasida yurish vaqtini 50%ga kamaytirish va butun kompleksning unumdorligini 13,7%ga oshirish imkonini bergan.