Kucharov Baxrom Xayrievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol hududidagi sul`fatli dengiz cho‘kindilarini qayta ishlashni chiqindisiz va ekologik muvofiqlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi; 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T270.
Ilmiy maslahatchilar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shamshidinov Isroiljon Turg‘unovich, texnika fanlari doktori, professor; Pulatov Xayrulla Lutpullaevich, kimyo fanlari doktori; Hamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol hududi sul`fatli qatlamlarini kaliy sul`fati, natriy bikarbonati, ammoniy sul`fati va burkeitga qayta ishlashning chiqindisiz va ekologik muvozanatlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sa2+, Mg2+, 2Na+, 2K+ // 2Cl-, SO42- - N2O sistemalarida bir, ikki valentli kationlarning xloridli va sul`fatli tuzlari fazoviy muvozanatlarini aniqlash orqali Orol hududi sul`fatli qatlamlarining hosil bo‘lish mexanizmi hamda ularni natriy, magniy va kaliy xloridli va sul`fatli tuzlariga qayta ishlash jarayoni ketma-ketligi asoslangan;
namakoblarning kimyoviy tarkib va klimatik omillarga bog‘liq ravishda ularning fizik-kimyoviy xossalari va bug‘lanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliq aniqlangan;
katta Orol dengizining g‘arbiy chuqur suvli qismidagi natriy sul`fati miqdorining soat mili bo‘yicha, magniy xloridi miqdori esa teskari soat mili bo‘yicha sikl o‘zgarishi isbotlangan;
tabiiy mirabilit eritmalaridan burkeit olishning ikkita, ya’ni tabiiy mirabilit eritmasini ammoniy bikarbonati bilan konversiyalash va tabiiy mirabilit eritmasi va kal`sinatsiyalangan soda ishtirokida cho‘ktirish usullari ishlab chiqilgan;
kaliy xloridi bilan astraxanitni konversiyalashda Na2SO4 - MgSO4 – KCl cho‘qqisi tomon 2Na+, 2K+, Mg2+, // SO42-- 2Cl- - H2O sistemasining tekisligi bo‘yicha kesim o‘tkazish yo‘li bilan arkanit, glazerit va leonitning kristallanish maydonlari aniqlangan;
bir vaqtning o‘zida bishofit, ammoniy sul`fati va natriy xloridini olish orqali mirabilit va astraxanitni natriy bikarbonati, burkeit va kaliy sul`fatiga kompleks qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir vaqtning o‘zida bishofit va natriy xloridini olish bilan Qoraqalpog‘iston sul`fatli tuzlarini konversiya usulida natriy bikarbonati, burkeit, kaliy va ammoniy sul`fatlarga kompleks qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy bikarbonatini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP05947, 2019 y.). Natijada ammoniy bikarbonati yordamida tabiiy mirabilitni oziq-ovqatga ishlatiladigan soda hamda ammoniy sul`fatiga qayta ishlash imkonini bergan;
Tyumryuk koni mirabiliti va ammoniy bikarbonatini konversiyalash asosida burkeit olish texnologiyasi «Qung‘irot soda zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 16 avgustdagi 01-4991-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq xo‘jaligi uchun juda muhim bo‘lgan sodali mahsulotlarning assortimentini kengaytirish va shu orqali fosfatsiz yuvish vositalarini ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolardan birini olish imkonini bergan;
Orol dengizi astraxanitini kaliy xloridi bilan konversiyalash asosida kaliy sul`fatini olish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning «2019-2023 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 16 avgustdagi 01-4991-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston sul`fatli tuzlaridan sitrus mevalar va yopiq gruntlardan xlorsiz kaliyli o‘g‘it hamda suyuq magniy xlorati defoliantini ishlab chiqarish uchun muhim xomashyo bo‘lgan bishofit olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish