Semenov Denis Ivanovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:«Suyuqliklarda tartib parametrining fluktuatsiyalar dinamikasi hamda ularning optik va akustik hodisalarda namoyon bo‘lishi», 01.04.05 – «Optika» ixtisosligi (fizika-matematika fanlari). Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: fizika-matematika fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.FM85.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti va Samarqand davlat universiteti huzuridagi 16.07.2013.FM/T.12.01 raqamli ilmiy kengash

Ilmiy maslahatchi: Sabirov Leonard Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Koxxarov Abdumutalib Mamajonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Azamatov Zokirjon Toxirovich, fizika-matematika fanlari doktori; Astanov Salix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: suyuqlik termodinamik turg‘unmas holatida maxsus va kritik nuqtalari yaqinida sochilgan yorug‘lik spektral tarkibida namoyon bo‘ladigan tartib parametrlari fluktuatsiyasi dinamikasining fizik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: eritma maxsus nuqtasi yaqinida yuqori chastotali tovush tezligi dispersiyasi mexanizmiga fazaviy o‘tishi eksperimental isbotlangan hamda maxsus nuqtadan past temperaturalarda eritmaning mikrogeterogen tuzilishi va eritmada strukturaviy birjinslimaslik korrelyasiya radiusi (~10 nm) aniqlangan;

tartib parametri fluktuatsiyalarida gipertovushning nokogerent sochilish jarayoni spektri nozik strukturasida namoyon bo‘lishi eksperimental aniqlangan. Tartib parametri fluktuatsiyasi dinamikasi ikkinchi tur fazaviy o‘tishlar Landau nazariyasi bilan ifodalanishi ko‘rsatilgan. Eritmaning maxsus nuqta temperaturasi yaqinida nozik struktura komponentlari ortiqcha spektral kengayishi mexanizmi asoslangan;

eritma maxsus nuqtadan past temperaturada «suyuqlik–suyuqlik» strukturaviy tipidagi fazaviy o‘tish aniqlanib strukturaviy fazaviy o‘tishda tartib parametri fluktuatsiyasi dinamikasini ifodalashda Landau nazariyasini qo‘llash mumkinligi asoslangan;

«izotrop suyuqlik – suyuq kristall» fazaviy o‘tish temperaturasi yaqinida yorug‘lik anizotrop sochilish spektri tortishi fizik mexanizmlari aniqlangan hamda spektr kengligi o‘zgarish dinamikasi va tartib parametri fluktuatsiyasi relaksatsiya vaqtini ma’lum temperaturaviy oraliqda Landau – de Jen o‘rta maydon yaqinlashish nazariyasi bilan ifodalash mumkinligi tajribada isbotlangan;

suyuq kristall izotrop fazasida kritik hodisalar dinamikasini izohlashda tartib parametri fluktuatsiyasi korrelyasiya radiusi Landau – de Jen nazariyasining qo‘llanish chegarasi, fazoviy o‘tish temperaturasi yaqinida izotrop faza dinamik xususiyati tabiati kossover xarakterga (o‘rta maydonda fluktuatsionga) ega ekanligi tasdiqlangan;

«izotrop suyuqlik – suyuq kristall» fazaviy o‘tishda, «suyuqlik – suyuqlik» strukturaviy fazaviy o‘tishda va eritma maxsus nuqtasi atrofida tartib parametri fluktatsiyasi dinamikasi universalligi tajribalar asosida aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: dissertatsiyada vodorod bog‘lanish to‘riga ega bo‘lgan eritmalarning strukturaviy-muvozanat holati va eritmalarda vodorod bog‘lanish to‘ri mavjud bo‘lish chegarasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

Vodorod bog‘lanish to‘riga ega bo‘lgan eritmalarning aniqlangan strukturaviy-muvozanat holatlari va sochilgan nurlanishda topilgan spektral chiziqning nozik strukturali spektr chiziqlari parametrlari 08–02–90252–Uzb_a «Suyuqlik–gaz, cuyuqlik–suyuqlik, cuyuqlik–qattiq jism chegarasida fazaviy holatlar optikasi» grantida kvars globulyar kristallar spektri xarakteristikalarining tahlil qilishda ishlatilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanishi qisqa sohali noshaffof optik filtrlarining nurga chidamliligini oshirish imkonini berdi (Rossiya FA Umumiy fizika instituti To‘lqin tadqiqotlari ilmiy markazining 2015 yil 8 iyundagi ma’lumotnomasi).

Eritmalarda to‘rsimon vodorod bog‘lanishining mavjudlik chegaralarini aniqlash metodikasi 0108U007555 «Vodorod bog‘lanishning suv va bioeritmalar xossalari shakllanishida ahamiyati. Tuz va proteinlar ta’sirida to‘rsimon vodorod bog‘lanishning turli xossalarini o‘zgarishi» grantida maxsus nuqtali eritmalarda klasterlanish jarayonlarini nazariy tahlil qilishda ishlatilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanishi suvli eritmalarda fazo-vaqt nanoo‘lchamli masshtablarida barqaror strukturalar olish muammosini echish imkonini bergan. (Ukraina Milliy akademiyasining 2016 yil 16 fevralidagi ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish