Kul`muratov Nurillo Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik jismlarga to‘lqinlar ta’sirining xususiyatlari», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T514.
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibragimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.08.2018.FM/T.02.09.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov To‘lqin, texnika fanlari doktori, professor; Berdiev Shavkat Davronovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovushoq-elastik muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik qobiqlarga to‘lqinlar (garmonik va turg‘un bo‘lmagan) ta’sirining takomillashtirilgan matematik modelini qurish va tenglamalarni sonli echish usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushoq-elastik muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik qobiqlarda (garmonik yoki noturg‘un) to‘lqinlarning ta’siri masalasi materiallar reologik xossalarini hisobga olgan holda masalaning matematik qo‘yilishi, uni echish metodi va algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushoq-elastik muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik qobiqlarning xos tebranishlari masalasi material reologik xossalarini hisobga olgan holda masalaning matematik qo‘yilishi, uni echish metodi va algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushoq-elastik muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli fazoviy silindrik qobiqda garmonik to‘lqin yuklanishi natijasida dinamik kuchlanishlar va deformatsiya holatining o‘zgarishiga solishtirma baho berilgan;
deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik qobiqdagi kontur kuchlanishlari qiymatining to‘lqin tushishi burchagiga bog‘liqligi sonli hisoblashlar natijasida asoslab berilib, yumshoq gruntda bo‘lgan beton qobiqda SH to‘lqin, boshqa SV va P to‘lqinlarga qaraganda katta kontur kuchlanishlari hosil qilishi topilgan va qobiqda turg‘un bo‘lmagan to‘lqin yuklanishi natijasida maksimal dinamik kuchlanishlar qiymati vaqtning boshlang‘ich holatida hosil bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovushoq-elastik muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik qobiqlarga silindrik bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar yoki yuklanishlar ta’siri masalalarini materialning reologik xossalarini hisobga olgan holda matematik modellashtirish nazariyasini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan hisoblash metodi, algoritmi va dasturlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
materiallar reologik xossalarini hisobga olgan holda qovushoq-elastik muhitda joylashgan bo‘lakli bir jinsli suyuqlikli silindrik qobiqlarda (garmonik yoki noturg‘un) to‘lqinlarning ta’siri masalasining matematik modeli F4-14 raqamli «Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish» (2012-2016) mavzuidagi fundamental loyiha doirasida olib borilgan suyuqlik oquvchi silindrik va sferik qobiqlarning erkin tebranishlari nazariyasini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 89-03-3928-son ma’lumotnomasi). Natijada suyuqlik oquvchi silindrik va sferik qobiqlardagi maksimal kuchlanishlarni 20% gacha kamaytirish imkonini bergan;
er osti portlashi va seysmik yuklanish ta’siridan er osti quvurlarida paydo bo‘ladigan qisqa chastotali to‘lqinlar tahlilini beruvchi ishlab chiqilgan sonli algoritm va dastur Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish ob’ektlarida masofada bo‘lgan to‘lqinlarning rezonans holatlarini aniqlashda foydalanilgan (NKMKning 2019 yil 30 maydagi 02-06-07/6924-son ma’lumotnomasi). Natijada bu silindrik quvurlardagi qisqa to‘lqinlar sohasida tebranish chastotalarini 15–17 foizga kamaytirish, uning hisobidan mustahkamlikni 20 foizga oshirish imkonini bergan.