Jo‘raev Akmal Razzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped508.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan foydalanish orqali malaka talablaridagi umumtexnik ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, ishlab chiqilgan dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida (qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlik) kengaytirilgan;
bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari (hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, ijodiy konstruktorlik)ni shakllantirishga qaratilgan “Logically confusing chain” va “Ideological heuristic scale” kabi interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida ishlab chiqish orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
mul`timediali o‘qitish platformasi imkoniyatlaridan foydalanib AutoCAD, Visual Basic va Masromedia Flash dasturiy paketlari asosida dasturlashtirilgan elektron o‘quv-metodik vositalarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning elektron-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
deduktiv va tarmoqlanish tamoyillari asosida bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining metodik-tashkiliy, texnologik jarayonli va kreativlikka oid kompetensiyalarini kompleks baholash mezonlari (ijtimoiylik, kommunikativlik, intellektuallik, axborotlilik) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan foydalanish, umumtexnik ko‘nikmalarni shakllantirish, ishlab chiqilgan dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan o‘quv jarayonida foydalanishga doir takliflar AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3310-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining umumtexnik ko‘nikmalarni shakllantirish, kasbiy kompetentligini shakllantirish imkonini yaratgan.
bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari (hisoblash-grafik, texnologik-loyihalash, ijodiy konstruktorlik)ni shakllantirishga qaratilgan “Logically confusing chain” va “Ideological heuristic scale” kabi interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida ishlab chiqish orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi “Texnologiya va dizayn”, “Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika”fanining EXM dasturi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi mavzusidagi metodik ta’minot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3310-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ta’minot bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi;
mul`timediali o‘qitish platformasi imkoniyatlaridan foydalanib AutoCAD, Visual Basic va Masromedia Flash dasturiy paketlari asosida dasturlashtirilgan elektron vositalarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak kasbiy fanlar o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning uslubiy ta’minoti (“Kasbiy fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar”, “Nazariy mexanika” “Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika”, “Texnologiya va dizayn”, “Gidravlika va issiqlik texnikasi” fanlari bo‘yicha)dan A-13-3 raqamli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini yanada takomillashtirish va ulardagi jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3310-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ta’minot oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.