Sharipova Surayyo Burxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped144.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ibragimov A’lam Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak chet tili o‘qituvchilari umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilari umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish yondashuvlarining pedagogik xususiyatlari (ehtiyojni qondirish omili, didaktik hamda tarbiyaviy xarakteri, yaxlit jarayonligi kabilar) axloqiy va estetik voqea-hodisalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’sirini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
umummadaniy dunyoqarashning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari madaniyatni yuksalish ko‘rsatkichlari (tarixiylik, nazariylik, uyg‘unlashuv, turmush tarzi, milliylik, badiiy-estetik) mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologik tuzilma umummadaniy kompetentlikni o‘stirish metodlari, shakllari, vositalariga madaniyat elementlarini (siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, ekologik, estetik) o‘zaro integratsiyalash bosqichlarini (to‘ldirish, bog‘lash, uzviylashtirish) belgilash asosida takomillashtirilgan;
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonlari ma’naviy-madaniy maxsus dasturlar va ommaviy madaniyatning oldini olishga qaratilgan pedagogik ta’sir vositalari (jamoaviy bayramlar, tanlovlar, uchrashuvlar, chiqishlar, kitobxonlik kechalari) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim jarayonida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilari umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish yondashuvlarining pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish, axloqiy va estetik voqea-hodisalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’sirini ochib berishga oid takliflari asosida «Umumiy pedagogika» o‘quv qo‘llanmasi (2.05.2019 yil, 394-son guvohnoma) ishlab chiqilgan, shuningdek mazkur tavsiyalardan A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslari» (2015–2017 yy.) amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 89-03-4562-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash, umummadaniy e’tiqod mexanizmini oshirish imkonini yaratgan;
umummadaniy dunyoqarashning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari, madaniyatni yuksalish ko‘rsatkichlariga doir takliflardan YoA1-OT-1-11965 raqamli «O‘quvchilarning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini shakllantirish» (2014–2015 yy.) mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 2019 yil 26 noyabrdagi 89-03-4562-son ma’lumotnomasi). Natijada, umummadaniy dunyoqarashda o‘rnatilgan nazariya ishlab chiqilib, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida umummadaniy dunyoqarashning shakllanganlik darajasi aniqlangan;
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologik tuzilmani takomillashtirish, umummadaniy kompetentlikni o‘stirish metodlari, shakllari, vositalariga madaniyat elementlarini o‘zaro integratsiyalash bosqichlarini belgilashga oid takliflardan OT-A1-118 raqamli «O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish» (2016–2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 89-03-4562-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullari, vositalari, texnologik bosqichlari ishlab chiqilib, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishning tuzilmasiga erishilgan;
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonlari ma’naviy-madaniy maxsus dasturlar va ommaviy madaniyatni oldini olishga qaratilgan pedagogik ta’sir vositalariga oid takliflar «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish» metodikasi hamda «Hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit» xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 13 avgustdagi 02/09-1069-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodika va ta’lim texnologiyasi talabalarning milliy va umummadaniy kompetensiyasining takomillashuviga xizmat qilgan.