Azamov Jasurbek Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Huquqni qo‘llash faoliyatida prognozlashning nazariy-huquqiy masalalari», 12.00.01–Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu31.
Ilmiy rahbar: Jalilov Shuxrat Ilxomovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tul`teev Il`yas Tavasovich, yuridik fanlar doktori dotsent, Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: huquqni qo‘llashda prognozlashning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tizimli tadqiq etish, uning huquqni qo‘llash tizimidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash, huquqni qo‘llashni prognozlash metodlarini o‘rganish, shuningdek qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha huquqni qo‘llashga doir samaradorlik va ta’sirchanlik choralarini tatbiq etish bo‘yicha “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunini takomillashtirish lozimligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi talablariga muvofiq tahdidlarni neytrallashtirish borasida prognozlashning huquqiy va tashkiliy uslublardan samarali foydalanish zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi talablariga muvofiq milliy xavfsizliknining ta’minlanishini strategik rejalashtirish davlat tizimini qonunchilik yo‘li bilan tartibga solishning samarali foydalanish zarurligi asoslab berilgan;
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi qonunda sohadagi davlat nazorati va tekshiruvi bilan bog‘liq faoliyatni tashkil etish, majburiy talablar ijrosining holatini prognoz qilish zarurati asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Huquqni qo‘llash faoliyatida prognozlashning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar tomonidan huquqni qo‘llash faoliyatida tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonunining 20-moddasiga 2018 yil 9 yanvardagi O‘RQ-542-sonli Qonunining 29-bandi bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 24 oktyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir axborotni to‘plashni, saqlashni, huquqni qo‘llashga doir samaradorlik va ta’sirchanlik choralarini tatbiq etish, shuningdek tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi talablariga binoan davlat tizimini qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish samaradorligini oshirish va tahdidlarni neytrallashtirish borasida prognozlashning huquqiy va tashkiliy uslublardan samarali foydalanish borasida o‘z vaqtida monand chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi takliflar 2018 yil 9 yanvardagi O‘RQ-458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi”ning 16-bandi va 29-bandiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 24 oktyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar Mudofaa doktrinasi talablarini amalga oshirishga doir harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanish tendensiyalarini monitoring va prognoz qilishda huquqiy va tashkiliy-boshqaruv xarakterdagi omildan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
atom energiyasidan foydalanish sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarga barham berish yuzasidan choralar ko‘rish, mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida majburiy talablar ijrosi ustidan tizimli kuzatish, majburiy talablar ijrosining holatini tahlil va prognoz qilish to‘g‘risidagi taklif 2019 yil 9 sentyabrdagi “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-565-sonli Qonunining 23-moddasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 24 oktyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif atom energiyasidan foydalanish sohasida huquqni qo‘llash organlari faoliyati va uning natijalari ustidan nazorat olib borish, uni prognoz qilishda qonunchilik va yuridik texnologiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan