Temirov Sherali Abdixalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati oronimlarining lisoniy tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil20.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdig‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oronimikaning nazariy masalalarini yoritish, oronimlar onomastik ko‘lamiga mansub birliklarni belgilash, Samarqand viloyati oronimlarini lisoniy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oronimlar tabiat va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi asosida yuzaga keluvchi, orografik ob’ektlarni ifodalovchi onomastik birlik ekanligi hamda geografiya, tarix, o‘lkashunoslik sohalar bilan aloqadorlik jihatlari asoslangan;
oronimik ob’ektlar nominatsiyasi bilan bog‘liq tabiiy-geografik, tarixiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy motivlar ochib berilgan;
mahalliy lahja va shevalarga xos oronimik ko‘rsatkichlarning nom yasash vazifasi, qo‘shma va murakkab tarkibli oronimlarning shakllanishidagi derivatsion, funksional-semantik o‘rni hamda fonetik, leksik variantlari aniqlangan;
Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tumanlari oronimlarining lingvogeografik xaritasi tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi oronimlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tog‘ va uning qismlarini ifodalovchi atoqli nomlarning derivatsion xususiyatlarini, oronimlarning yasalish usullari va modellarini, oddiy so‘z yasalishi bilan atoqli otlar yasalishiga xos farqli jihatlarni yoritishga oid xulosalardan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 maydagi 89-03-2132-son ma’lumotnomasi). Natijada atoqli otlar derivatsiyasi bilan bog‘liq atoqli otlarning yasalish usullari, modellari, onomastik konversiya, transonimizatsiya kabi terminlarga doir izohlar va tahlillar mukammallashgan;
dissertatsiya materiallari asosida tuzilgan Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot tumanlari oronimiyasining lingvogeografik xaritasidan A-13-9 raqamli «Zarafshon vodiysining rekreatsiya, turistik va ekologiya kartalarini tuzish» nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2483-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati tabiiy-geografik oronimik xaritasini yangi materiallar asosida mukammallashtirishga erishilgan;
oronimik birliklarning lisoniy tadqiqiga doir materiallardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining «Javondagi javohir» ko‘rsatuvi hamda viloyat radiosining «Samarqand sadosi» eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 11 oktyabrdagi 09-02-460-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyigan.