Muxitdinov Erkin Madorbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Aholini ish bilan bandligini ta’minlashda mehnat migratsiyasining roli», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1030.
Ilmiy rahbar: Abdurahmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,  akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islomov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aholini ish bilan bandligini ta’minlashda mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish va maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi o‘rtasida norasmiy mehnat migratsiyasini oldini olish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish mexanizmi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish asosida takomillashtirilgan; 
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarining kasbiy malakasi va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash hamda ularni ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish huquqini lisenziya asosida faoliyat yurituvchi hamda akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslarga taqdim etilishi taklifi asoslangan;
mehnat migrantlariga xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun qisqa muddatda, eng kam hujjatlar talab qilgan holda tez rasmiylashtiriluvchi imtiyozli foiz stavkasida mikroqarzlar berish taklifi asoslangan;
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun sug‘urta kompaniyalariga yillik bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyotini joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aholini ish bilan bandligini ta’minlashda mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish va maqbullashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan:
norasmiy mehnat migratsiyasini oldini olish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha mexanizmini joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PF-3839-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgarishlar, moliya-bank tizimi xususiy tadbirkorlik masalalari Kotibiyatining 2019 yil 13 noyabrdagi 02/1-2699-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etilib, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ko‘lamini kengaytirishga imkon yaratgan;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarining kasbiy malakasi va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash hamda ularni ishga ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish huquqini lisenziya asosida faoliyat yurituvchi hamda akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslarga taqdim etilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PF-3839-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashti-rish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgarishlar, moliya-bank tizimi xususiy tadbirkorlik masalalari Kotibiyatining 2019 yil 13 noyabrdagi  02/1-2699-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida 2018 yildan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan lisenziya asosida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish asosida esa xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan; 
mehnat migrantlariga xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun qisqa muddatda, eng kam hujjatlar talab qilgan holda tez rasmiylashtiriluvchi imtiyozli foiz stavkasida mikroqarzlar berish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PF-3839-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgarishlar, moliya-bank tizimi xususiy tadbirkorlik masalalari Kotibiyatining 2019 yil 13 noyabrdagi 02/1-2699-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida mehnat migrantlariga xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun beriladigan, bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar asosida imtiyozli mikroqarzlar berish tartibi belgilangan;
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun sug‘urta kompaniyalariga yillik bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyotini joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PF - 3839-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgarishlar, moliya-bank tizimi xususiy tadbirkorlik masalalari Kotibiyatining 2019 yil 13 noyabrdagi  02/1-2699-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tomonidan sug‘urta kompaniyalariga yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish