Xaydarov Shuxratjon Djumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari», 12.00.08–Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu313.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Jasur Aminjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Ochilov Xasan Rashidovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyati tarkibini yuridik tahlil qilish, ushbu jinoyatlarga qarshi kurashishning mavjud holatini o‘rganish hamda jinoiy faoliyatning mazkur turiga qarshi kurash samaradorligini oshirishda jinoyat-huquqiy normalarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan tibbiy muassasalarda hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun javobgarlik belgilash zarurligi asoslangan;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘q-otar qurolni qo‘llash natijasida ehtiyotsizlik orqasidan etkazilgan zararning qoplanishi zarurligi asoslab berilgan;
xizmat vazifalarini lozim darajada bajarish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish zarurligi asoslantirilgan;
bolalarning xavfsizligini ta’minlash ishlari tibbiy xizmat va ichki ishlar organlari xodimlarining birgalikdagi faoliyatiga asoslanishi zaruriyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 591-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 avgustdagi 06/1413-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘q-otar qurolni qo‘llash aniq mezonlarga asoslanishi, ehtiyotsizlik orqasidan etkazilgan zararni qoplanishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 15 martdagi «Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘q-otar qurolni qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi 55-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 14 martdagi 33/682-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi zarar etkazilgan shaxslarning huquqlari tiklanishiga xizmat qilgan;
xizmat vazifalarini lozim darajada bajarish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazib borish bo‘yicha talablarni belgilash to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 7 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 95-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 14 martdagi 33/682-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi ichki ishlar organlarining maxsus tayyorgarlikdan o‘tish samaradorligini oshirish evaziga kasb vazifalarini lozim darajada bajarilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
bolalarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tibbiy xizmat va ichki ishlar organlari xodimlari mas’uliyatini belgilash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 18 maydagi «Oromgohlarda xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 77-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 14 martdagi 33/682-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi bolalarning xavfsizligini ta’minlashda tibbiy xizmat va ichki ishlar organlari xodimlarining mas’uliyati mustahkamlanishining huquqiy asosini yaratishga xizmat qilgan