O‘roqova Nafosat Yorievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘nggi davr o‘zbek dostonchiligida ijodkor uslubi va individualligi (Ikrom Otamurod va Usmon Qo‘chqor dostonlari asosida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil807.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori; Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ikrom Otamurod va Usmon Qo‘chqor dostonlari misolida so‘nggi yillar o‘zbek dostonchiligida ijodkor uslubi va individualligini ilmiy baholash va aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
so‘nggi yillar o‘zbek dostonchiligida kechgan romanlashuv, xalq dostonlari uslubini qo‘llash, sinkretlashuv singari shakliy-uslubiy izlanishlar orqali Ikrom Otamurod va Usmon Qo‘chqor uslubi hamda individualligi ochib berilgan; 
poetik tasvirdagi xalq dostonlari motivlari, ertak stilizatsiyasi va modern uslubni qo‘llash bilan bog‘liq poetik yangilanishlar orqali dostonlardagi ma’naviy, ijtimoiy fojiaviylik ko‘rinishlari asoslangan;
so‘nggi davr o‘zbek dostonlarida lirik kechinma tabiati ijodkorlarning ramziy-timsolli fikrlash tarzi va tuyg‘ularni obrazlantirishida namoyon bo‘lganligi ochib berilgan;
Ikrom Otamurod va Usmon Qo‘chqor dostonlarida zamonaviy o‘zbek dostonlarining badiiy tilini ifoda etuvchi tashbeh, tashxis, tazod, mukarrar va poetik sintaksisiga xos sukut, ellipsis, fonetik takror ko‘rinishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriyqilinishi. 
Dissertatsiyada she’riyatdagi badiiy uslub bo‘yicha olingan natijalar asosida:
so‘nggi yillar o‘zbek dostonlari asosida ijodkor uslubi va individualligining badiiy nutqda aks etishi, ijodkor nutqidagi gender farqlar, lisoniy mentalitetning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, lisoniy farqli birliklarning uslubiy, mazmuniy, struktur hamda vazifaviy o‘ziga xosliklari, shuningdek, badiiy til va poetik sintaksis kabi masalalar tadqiqidan ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” (2012–2014) davlat amaliy tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 sentyabrdagi 89-03-3294-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan loyiha tadqiqot materiallari asosida boyitilgan va “badiiy til”, “poetik sintaksis” terminlari izohi takomillashtirilgan, badiiy nutqning sotsiolingvistik, psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan;
istiqlol davri o‘zbek dostonchiligida yuz bergan poetik mazmun, shakl, obraz yangilanishiga xos xususiyatlarni, badiiy qonuniyatlarni, an’ana va novatorlik masalalariga oid xulosalardan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” (2012–2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 sentyabrdagi 89-03-3294-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan fundamental loyiha bo‘limlari dissertatsiya materiallari orqali boyitilgan va “badiiy asar uslubi”, “ijodiy individuallik”, “sinkretlashuv”, “badiiy sintez”, “romanlashuv” kabi ilmiy istilohlar izohlari mukammallashtirilgan, mustaqillik davri she’riyatida shoir uslubi va individualligi muammosini kitobxonga anglatish, bunda masalaning ijtimoiy-psixologik, badiiy-estetik jihatlariga urg‘u berish, ijodkor ruhiy olamini tadqiq qilish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan; 
so‘nggi davr o‘zbek dostonlarida lirik kechinma tabiati ijodkorlarning ramziy-timsolli fikrlash tarzi va tuyg‘ularni obrazlantirishida namoyon bo‘lgan materiallaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida “Adabiy muhit”, “Asrlarning asraganlari” ko‘rsatuvlarining 2019 yil aprel` va iyun` sonidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1/317-1-son ma’lumotnomasi). Natijada muxlislarning so‘nggi yillar o‘zbek dostonchiligida faoliyat ko‘rsatgan shoirlar haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, adabiyot fondi zaxirasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish