Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik xizmatlar sohasida investision faollikni oshirish strategiyasi va ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt256.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Farxod Umirzoqovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududning turistik xizmatlar sohasida investision faollikni oshirish strategiyasi va ustuvor yo‘nalishlarini asoslash bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati turistik xizmatlar sohasida investision faollikni oshirish strategiyasi hududning jahon turistik bozoridagi ilmiy-ma’rifiy markaz sifatidagi ijobiy imijini yaratish tadbirlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
turistik xizmatlar sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investision strategiyani shakllantirish va amalga oshirish barqaror hamda potensial imkoniyatga ega kichik turistik hududlarning faoliyatini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
Xorazm viloyati turistik xizmatlar sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni yagona kompleks axborot tizimiga kiritish imkonini beruvchi “Turizm sohasi sub’ektlari onlayn jamiyati”ni tashkil etish tartibi ishlab chiqilgan;
Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash DXSh loyihasi byudjet samaradorligi hamda tadbirkorlik faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini integrallash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik xizmatlar ko‘rsatish sohasida investision faollikni oshirish strategiyasi va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududning jahon turistik bozoridagi ilmiy-ma’rifiy markaz sifatidagi ijobiy imijini yaratish tadbirlarini belgilash orqali Xorazm viloyati turistik xizmatlar sohasida investision faollikni oshirish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 01-22/3891-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida hududda turizm sohasining samarali rivojlanishiga erishilgan;
barqaror hamda potensial imkoniyatga ega kichik turistik hududlarning faoliyatini uyg‘unlashtirish asosida turistik xizmatlar sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investision strategiyani shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 01-22/3891-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqadagi turizm sohasidagi investision faollikni yanada oshirishga erishilgan;
Xorazm viloyati turistik xizmatlar sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni yagona kompleks axborot tizimiga kiritish imkonini beruvchi “Turizm sohasi sub’ektlari onlayn jamiyati”ni tashkil etish tartibi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 01-22/3891-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi hududning turistik salohiyati va sohada investision faollikni yanada oshirishga imkon bergan;
davlat-xususiy sherikchiligi loyihasi byudjet samaradorligi hamda tadbirkorlik faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini integrallash asosida DXSh asosidagi turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 01-22/3891-son ma’lumotnomasi). Mazkur baholash tartibini amaliyotga joriy etish natijasida DXSh asosida hududlarda turizm zonalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.