Babaxanova Xalima Abishevnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi tolali resurslarga ega qog‘ozning berilgan bosma xossalarini ta’minlovchi «xomashyo–qog‘oz–nusxa» tizimini yaratish», 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va rabototexnika tizimlari (texnika fanlari bo‘yicha).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / texnika fanlari nomzodi /
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T315.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi 16.07.2013.T.06.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Askarov Mirxodji Asqarovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Rasmiy opponentlar: Bablyuk Evgeniy Borisov, texnika fanlari doktori, professor; Djuraev Anvar Juraevich, texnika fanlari doktori, professor; Primkulov Maxmud Temirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
mahalliyikkilamchi tolali resurslardan foydalangan holda yangi tarkibdagi qog‘oz olish texnologiyasi va bosma sifatini prognozlashning «xomashyo–qog‘oz–nusxa» tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi tolali material qo‘shilgan qog‘ozlarda «xomashyo–qog‘oz– nusxa» tizimli yondashuvini qo‘llashga asoslangan bosma sifatini baholashning majmuaviy uslubi ishlab chiqilgan;
qizilmiya o‘simligi ildizi chiqindilari va bug‘doy somonidan sellyuloza olishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
paxta va qizilmiya sellyulozasi asosida qog‘oz olishning optimal tarkibi aniqlangan;
qog‘oz massasida kristallilik darajasini oshirishga hizmat qiladigan ikkilamchi tolali materiallarning optimal tarkibi hamda ikkilamchi tolali materiallar ulushining ortishi sorbsion shimuvchan-ligining oshishi hisobiga bosma xossalarining yomonlashishiga olib kelishi aniqlangan;
ikkinchi tartibli ortogonal markaziy-kompozision reja asosida qog‘oz kompozisiyasining tarkibi, tolali materialning tuzilmasi va uni olish usulini hisobga olgan holda bosma sifatini boshqarish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Maxalliyikkilamchi tolali resurslardan foydalangan holda yangi tarkibdagi qog‘oz olish texnologiyasi va bosma sifatini prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
qizilmiya o‘simligi ildizi chiqindilaridan sellyuloza olish usuli, paxta va qizilmiya sellyulozalarini qo‘shib qog‘oz olish tarkibi bo‘yicha O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining ikkita ixtiroga patentlari olingan («Sellyuloza olish usuli», (№IAP 04879, 2014 y.; «Qog‘oz olish uchun tarkib», №IAP 04981, 2014 y.). Ilmiy natijalar mahalliy xomashyo asosida import o‘rnini bosuvchi yangi qog‘oz turini yaratish imkonini bergan;
mahalliy ikkilamchi tolali materiallardan foydalangan holda yangi tarkibdagi qog‘oz olish texnologiyasi va bosma sifatini prognozlash tizimi sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan, «GIGRO FARM TEXNO» MChJ, «JUHAL QALIN-QOG’OZ» XS MChJ korxonalarida tasdiqlangan texnologik reglament asosida joriy qilingan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2015 yil 18 dekabrdagi №06-2754-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliyotga joriy qilinishi respublikada qog‘oz ishlab chiqarish hajmini 6-8 foizga oshiradi va bosma sifatini yaxshilashga imkon beradi.