Sxay Lana Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston aholisining kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi istiqbollari hamda o‘lim darajasining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari», 08.00.10-Demografiya. Mehnat iqsodiyoti (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt48
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maksakova Lyudmila Petrovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsin Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida umr ko‘rish davomiyligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘lim darajasi dinamikasining rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan va o‘limning asosiy sabablari aniqlanib, respublikada mazkur jarayonning global tendensiyalarga mos kelishi aniqlangan;
sotsiologik tadqiqotlar natijalariga aslslangan holda (Toshkent sh.) aholining o‘lim darajasi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillarning o‘zaro aloqadorligi va xulq-atvor omillarining aholi sog‘lig‘iga ta’siri ochib berilgan;
aholi o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining 2030 yilgacha bo‘lgan davrga prognozi ishlab chiqilgan;
mehnat resurslarining uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan; 2041 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning demografik rivojlanish prognozi, shu jumladan respublika mintaqalarida umumiy, go‘daklar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarining parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
- 2030 yilgacha bo‘lgan davrda demografik rivojlanish prognozi ishlab chiqilgan va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini baholash amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligidan tadbiq etish to‘g‘risida ma’lumotnoma, 2013 yil 29 martdagi BU-3-1/4-58-son xat). O‘zbekiston aholisining o‘limi va umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish uzoq muddatli istiqbolga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun ehtimoliy xavf va xatarlarni ham qo‘shganda O‘zbekistondagi demografik jarayonlarning rivojlanishishiga baho berish imkonini berdi;
- mehnat resurslarining uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda mehnat resurslarining prognoz ko‘rsatkichlari belgilagan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligidan tadbiq etish to‘g‘risida ma’lumotnoma, 2013 yil 29 martdagi BU-3-1/4-58-son xat).. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2019 y. PF-5635-son "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni 54-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 y. PF-5614-son "Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni 5-bandi “b” kichik bandini ijro etgan holda, O‘zbekistonda mehnat resurslarining prognoz ko‘rsatkichlari 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
- respublika mintaqalari bo‘yicha go‘daklar va bolalar o‘limi prognoz parametrlarini ham qo‘shgan holda 2041 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda demografik rivojlanishga baho berish amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligidan tadbiq etish to‘g‘risida ma’lumotnoma, 2013 yil 29 martdagi BU-3-1/4-58-son xat). Go‘daklar va bolalar o‘limi prognoz parametrlaridan foydalanish 5 yoshgacha bolalarga profilaktik yordam va akusherlik bo‘linmasini ham qo‘shganda sog‘liqni saqlash tizimiga potensial yuklamani baholash imkonini berdi;
- demografik rivojlanish prognoz hisobi uchun ishlab chiqilgan modelning asboblar to‘plami asosida 2020 yilgacha bo‘lgan davr uchun O‘zbekiston aholisi ko‘payishi asosiy omillarining prognozi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining «Sxay Lana Aleksandrovnaning doktorlik dissertatsiyasi (PhD) ilmiy-tadqiqot natijalarini tadbiq etish to‘g‘risida»gi ma’lumotnomasi, 21.06.2018 NB-6-1/14-351-son xat). Ushbu prognoz Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ko‘rsatmasini ijro etilishiga muvofiq foydalanilgan, demografik rivojlanishning olingan prognoz parametrlari mehnat resurslarini joylashtirish va prgnoz balansini ishlab chiqish, yangi ish joylarini yaratish va bandlik,ishsizlik darajasini baholashda ishlatilgan.