Xolmamatov Diyor Haqberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida ulgurji savdoda marketingning servis strategiyasini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt269.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Adxamjon Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Safarov Baxtiyor Juraqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida ulgurji savdo samaradorligini oshirishda marketingning servis strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
marketingning servis strategiyasi ulgurji savdoning «ta’minot-ishlab chiqarish-taqsimot-ayriboshlash-iste’mol» zanjirida marketing, logistika va distrib`yutorlik xizmatlarining o‘zaro muvofiqligini xizmatlar transferi orqali ta’minlash hamda «biznes uchun – biznes (V2V)» va «biznes-iste’molchi (V2S)» tizimida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
xaridorlarning servis xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini baholashning «sotuvdan oldin ko‘rsatiladigan xizmatlar sifat darajasi», «sotuv jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifat darajasi» va «sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan xizmatlar sifat darajasi» mezoni taklif etilgan;
ulgurji savdo faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’minotchi korxonalar, ishlab chiqarish korxonalari, taqsimot va logistika infratuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi «sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish servisi» asosida takomillashtirilgan;
ulgurji savdoda logistik operatsiyalar hajmini aniqlash modeli ulgurji tovar xarid qilish, sotish va sotuvdan keyingi servisni amalga oshirish jarayonlarida bajariladigan buyurtmalar portfelini shakllantirish, tayyor mahsulotlarga buyurtmalar berish, tovar zaxiralarini saqlash hamda etkazib berish bo‘yicha logistik operatsiyalarni tashkiliy, iqtisodiy va texnologik jihatdan umumlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida ulgurji savdoda marketingning servis strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
marketingning servis strategiyasini ulgurji savdoning «ta’minot-ishlab chiqarish-taqsimot-ayriboshlash-iste’mol» zanjirida marketing, logistika va distrib`yutorlik xizmatlarining o‘zaro muvofiqligini xizmatlar transferi orqali ta’minlash hamda «biznes uchun – biznes (V2V)» va «biznes-iste’molchi (V2S)» tizimida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasining mahsulot xarid qilish, saqlash, etkazib berish va sotish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasining 2019 yil 23 maydagi 01-1/431-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida V2V va V2S bozorlarida tovar-moddiy resurslarni xarid qilish, saqlash, etkazib berish va sotish tizimida tranzaksiya xarajatlarini 25–30 foizga kamaytirishga, tovar aylanmasini 8–10 foizga oshirishga erishilgan;
xaridorlarning servis xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini baholashning «sotuvdan oldin ko‘rsatiladigan xizmatlar», «sotuv jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar» va «sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan xizmatlar» mezoni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 26 apreldagi UB-6-5/20-20-1024-son ma’lumotnomasi). Ushbu mezonning vazirlik faoliyatiga joriy etilishi tovar bozorlaridagi narxlar, talab va taklifning o‘zgarish dinamikasini tahlil va monitoring qilish, xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni kompleks o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
ulgurji savdo faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’minotchi korxonalar, ishlab chiqarish korxonalari, taqsimot va logistika infratuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini «sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish servisi» asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasining xizmat ko‘rsatish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasining 2019 yil 23 maydagi 01-1/431-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi uyushmaning ulgurji tovar aylanmasini 5–6 foizga oshishini ta’minlagan;
ulgurji savdoda logistik operatsiyalar hajmini aniqlash modelini ulgurji tovar xarid qilish, sotish va sotuvdan keyingi servisni amalga oshirish jarayonlarida bajariladigan buyurtmalar portfelini shakllantirish, tayyor mahsulotlarga buyurtmalar berish, tovar zahiralarini saqlash hamda etkazib berish bo‘yicha logistik operatsiyalarni tashkiliy, iqtisodiy va texnologik jihatdan umumlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zbekoziqovqatzahira» uyushmasining logistik servisni tashkil etish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasining 2019 yil 23 maydagi 01-1/431-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida uyushmada mahsulot xarid qilish, saqlash, zaxiralarni boshqarish, etkazib berish va sotish tizimidagi muomala xarajatlarini 4–5 foizga kamaytirishga hamda ulgurji tovar aylanmasini 8–10 foizga oshirishga erishilgan.