Astanaqulov Komil Dullievichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston sharoitida kichik maydonlardagi g‘allani erta muddatlarda yig‘ishtirishning ilmiy-texnikaviy echimlari», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Talabgorningilmiyvailmiy-pedagogikfaoliyatolibborishgalayoqatibo‘yichatestsinovidano‘tganihaqidama’lumot: /texnikafanlarinomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.T353.
Ilmiy maslahatchi: Baymetov Rustam Isaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi 16.07.2013.T.07.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor; Shaymardanov Baxtiyor Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor; Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zagromashservis” uyushmasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
O‘zbekiston sharoitida kichik maydonlardagi g‘allani erta muddatlarda yig‘ishtirishda o‘rish, yanchish va donni tozalash jarayonlari uchun kichik texnika vositalarining parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
kichik energiya-resurstejamkor g‘allao‘rgich, g‘allayanchgich va don tozalash mashinasining takomillashgan konstruksiyalari asoslangan;
g‘alla poyalarining qarshiligini hisobga olgan holda segmentli o‘rish apparatida qirqilishining texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
g‘allani yanchish jarayonida massasining o‘zgarib borishi, donlarning separatorda barmoqli ishchi qismlar, don tozalash qismida esa havo oqimi va somontutkichli g‘alvir ta’sirida qipiq va somondan ajralishining samarali usullari aniqlangan;
don tozalash mashinasida donlarni jo‘valar yordamida so‘ruvchi quvur va g‘alvirga me’yorlab uzatish hamda g‘alvirga bo‘ylama-ko‘ndalang tebranish berish orqali begona qo‘shindilardan tozalashni jadallashtirishning yangi texnik echimi ishlab chiqilgan;
g‘allao‘rgich, g‘allayanchgich va don tozalash mashinasi ishchi qismlarining konstruktiv, kinematik va texnologik parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlari hamda texnika vositalari ishchi qismlarining optimal parametrlari aniqlangan;
kichik g‘allao‘rgich, g‘allayanchgich va don tozalash mashinasining ishchi qism turi, optimal parametri va ish rejimlarida g‘allani o‘rish sifati yaxshilanishi, don nobudgarchiligining kamayishi va tozaligining oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik maydonlardagi g‘allani o‘rib-yig‘ishtirishda qo‘llaniladigan g‘allao‘rgich, g‘allayanchgich va don tozalash mashinalari 2011–2015 yillar davomida Yangiyo‘l, Zangiota, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Yangibozor va Gurlan tumanlaridagi fermer va dehqon xo‘jaliklarida qo‘llanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 25-yanvardagi 02/23-113-son ma’lumotnomasi). Bunda kichik maydonlardagi g‘alla hosilini yig‘ishtirishda energiya sarfini 1,2 martaga, xarajatlarni 22,3 foizga kamaytirish imkonini bergan.