Doniyarov Nodirjon Abdixakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qimmatbaho komponentlarni ajratib olish bilan past navli fosforit rudalarini kompleks qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T222.
Ilmiy maslahatchi: Sanaqulov Quvondiq, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarova Mastura  Iskandarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flotatsiyali, kimyoviy va bakterial usullar yordamida qimmatbaho komponentlarni ajratib olish bilan past navli fosforit rudalarini kompleks qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfat va kal`sitning kristall-kimyoviy, termodinamik va yuzadagi xususiyatlari asosida minerallarning flotatsiyali holati qonuniyatlari aniqlangan va flotatsiya jarayonining maqbul tartibi ishlab chiqilgan;
ilk bor yog‘-moy kombinati chiqindilarining kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalari va ularning karbonatli minerallarga nisbatan flotatsiyali xususiyati aniqlangan;
shlamsizlantirilgan rudani fosfatli flotatsiyalash va keyinchalik kimyoviy oxirigacha boyitish usuli bilan dastlabki balansdan tashqari rudada R2O5 ning miqdorida texnik sharoitlarga mos keluvchi 27,1% miqdorli R2O5 olish usuli ishlab chiqilgan;
ballastli aralashmalardan tozalangan fosforli o‘g‘itlarni olish uchun EFKni neytrallashdan oldin uranni va KEEni keyinchalik bir vaqtda cho‘ktirish maqsadida ishlab chiqarishning temir tarkibli chiqindilaridan (gidrometallurgik zavodlarning magnitli fraksiyalaridan) foydalanib, EFKda U+6 ni U+4ga tiklash usuli ishlab chiqilgan; 
AMP va VO-020 turidagi anionitlardan foydalanish bilan uranni (radiyni), AFI-22 turidagi ionitdan foydalanish bilan KEEni oldindan ajratib olishga asoslangan radioekologik tozalangan superfosfat olish usuli ishlab chiqilgan;
fosforitlarning aktiv loyqa mikroflorasi bilan o‘zaro ta’siri jarayonida fizikaviy va kimyoviy o‘lchamlar (rN muhit, azot, fosfor, kaliy va boshqa elementlar miqdori, jarayon davomiyligi va b.) ta’siri qonuniyatlari asosida yangi turdagi organomineralli o‘g‘it olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
ilk bor aktiv loyqa mikroflorasining bakterial ta’sirlashuvida fosforitlar tarkibida minerallar erishi mexanizmi asosida dastlabki oraliq va oxirgi noorganik va organik birikmalar hamda kislotali aralashmalar tarkibining sifat va miqdoriy o‘zgarishlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qimmatbaho komponentlarni ajratib olish bilan past navli fosforitli rudalarni kompleks qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yangi reagentlar - soapstok va fomol asosida karbonatli-fosforitli flotatsiyalash usuli bilan Markaziy Qizilqumning past navli fosforitli rudalarini flotatsiyali boyitish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 3 maydagi 02-06-07/5670-son ma’lumotnomasi). Natijada R2O5 – 26,8% miqdorli kondisiyali boyitma olish va boyitmaning 39,0% chiqishida R2O5 sidirg‘ali ajratib olish 66,24% tashkil etish imkonini bergan; 
rudani kombinatsiyalashgan karbonat-fosfatli flotatsiyalash va keyinchalik kimyoviy oxirigacha boyitish usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 3 maydagi 02-06-07/5670-son ma’lumotnomasi). Natijada balansdan tashqari rudada R2O5 ning miqdorida texnik sharoitlarga mos keluvchi 27,1% miqdorli R2O5 olish usulini ishlab chiqish imkonini bergan;
yangi radioekologik tozalangan superfosfat olish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 
3 maydagi 02-06-07/5670-son ma’lumotnomasi). Natijada Zarafshon shahrida yarim sanoatli sinov o‘tkazish va biokimyoviy tozalash inshootida (UVvaOS) past navli fosforitli rudalarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish