G‘aybnazarov Egamnazar Eryigitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mashinada terilgan va past navli paxtani qayta ishlashga tayyorlash texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/T196.
Ilmiy maslahatchi: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.30.05.2018.T.66.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Anvar Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinada terilgan va past navli paxtani qayta ishlashga tayyorlash texnologiyasini yaratish orqali paxta mahsulotlari dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish va raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinada terilgan va past navli paxta xomashyosini qayta ishlashga tayyorlashning paxtani g‘aramlashdan avval mayda va yirik iflosliklardan tozalashga asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mashinada terilgan va past navli paxta xomashyosini g‘aramlashdan oldin tozalash ko‘chma qurilmasi konstruksiyasi yaratilgan;
past navli va yuqori ifloslikdagi paxta xomashyosini tozalash qurilmasining ratsional texnologik va konstruktiv o‘lchamlari paxta xomashyosini tozalash jarayoni matematik modeli tahlili asosida aniqlangan;
tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida mashinada terilgan va past navli paxta xomashyosini qayta ishlashga tayyorlashda uni tozalashdan oldin va keyingi sifat ko‘rsatkichlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan;
tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida tozalagich ishchi organlarining o‘zaro ratsional kompanovkasi ishlab chiqilgan va ishchi parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mashinada terilgan va past navli paxtani qayta ishlashga tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mashinada terilgan va past navli paxta xomashyosini g‘aramlash jarayonidan oldin mayda va yirik iflosliklardan tozalashga asoslangan texnologiya «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi «Mingbuloq paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 29 avgustdagi 02-32/5145-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash jarayoni samaradorligini 56,1% ga oshirishga erishilgan;
mashinada terilgan va past navli paxta xomashyosini g‘aramlash jarayonidan oldin mayda va yirik iflosliklardan tozalashga mo‘ljallangan tozalagich konstruksiyasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi «Mingbuloq paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 29 avgustdagi 02-32/5145-son ma’lumotnomasi). Natijada tozalangan paxta ifloslik darajasining 6,8% gacha kamayishi hisobiga paxta sinfi bir bosqichga yuqorilashi ta’minlangan.