Ochilov Nizomiddin Najmiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq kodli operatsion tizimlarning axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullari», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1107.
Ilmiy rahbar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoz To‘lkunova, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tuychiev G‘ulom Numonovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “UNICON.UZ” - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining O‘z DSt 2817:2014 asosida 2A darajadagi xavfsizlik talablariga javob beruvchi va maxfiy ish yuritish sohasidagi standartlar talablarini qondiruvchi maxsus usullarni ishlab chiqish va xavfsizlik vositalarini joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asos bo‘luvchi milliy va xalqaro (TENBFX (Texnik va eksport nazorati bo‘yicha federal xizmat) tomonidan ishlab chiqilgan) standartlar tahlili va xavfsizlikni buzuvchi modeli asosida uning matematik modeli hamda imkoniyatlari ishlab chiqilgan;
belgili drayver asosida qurilmalarning inisializatsiya va o‘chirish usullari algoritmi takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi standartlari talablari va tahdidlari talabida, xavfsizlik buzg‘unchisi modellari asosida tarkibiy tizimlarni qayd etish va hodisalarni hisobga olish, tarkibiy tizim yaxlitligini ta’minlash, chop etilayotgan hujjatlarning markirovkasi mexanizmlarini, tezkor xotirani tozalash hamda dasturlar bilan ishlash uchun grafik dasturlarining ochiq kodli operatsion tizimlarida xavfsizlik vositalari yaratilgan;
identifikatsiya va autentifikatsiya usullari uchun ko‘p bosqichli nazorat xossalarini saqlagan holda kirishni nazorat qilish vositalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullari, yaratilgan algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
identifikatsiya va autentifikatsiya usullari uchun ko‘p bosqichli nazorat xossalarini saqlagan holda kirishni nazorat qilish vositalarini O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Surxondaryo viloyati bo‘limida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ko‘p bosqichli nazorat xossalarini saqlagan holda kirishni nazorat qilish vositalari takomillashtirish imkonini bergan;
belgili drayver asosida himoyalangan operatsion tizimlari yadrolarida qurilmalarning inisializatsiya va o‘chirish usullari uchun algoritmi «Infoteka» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metod xavfsiz operatsion tizimi yadrosidagi qurilmalarni o‘chirish va inisializatsiyalash usullari ish vaqtini 8,3 marotabaga kamaytirishga imkon bergan;
«HUMO» OTda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni himoyalash algoritmlari va dasturlari maxsus himoya vositalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ijobiy ekspertizadan o‘tkazilgan va joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ochiq kodli OTda dasturiy majmualar va ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash metodlarini qo‘llash ob’ektlarga qayd qilinmagan murojaatlardan himoya qilish va ularning himoyalangan operatsion tizimlarini qurishdagi samaradorligini aniqlash imkonini beradi.