Vinogradov Aleksandr Sergeevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konturli-tizimlashtirilgan liniya usullarida toifalangan ob’ektlar videoma’lumotlariga raqamli ishlov berish», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3PhD/T1383.
Ilmiy rahbar: Tashmanov Erjan Baymatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiya universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Adiljon Arifdjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Negrienko Aleksandr Yakovlevich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsion texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toifalanuvchi ob’ektlardan olingan videoma’lumotlarini ixchamlash va ularga tezkor raqamli ishlov barishga yo‘naltirilgan konturli-tizimlashtirilgan liniya usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gradient axborotlarini qo‘llagan holda piksellarni kvantlash va klaster tahlillash vositalari yordamida toifalashgan ob’ektlar videoma’lumotlariga raqamli ishlov berishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
toifalangan qo‘riqlanuvchi ob’ektlar videoma’lumotlarini ixchamlash tamoyillari va Xafa o‘zgartirishlar yordamida nuqtalarni, liniyalarni va sakrashlarni aniqlash algoritmi va usullari ishlab chiqilgan;  
konturli-tizimlashtiruvchi liniya usulida toifalashtirilgan qo‘riqlash ob’ektlari videoma’lumotlarini ixchamlash va ma’lumotlarga ishlov berish algoritmi hamda videooqimni siqish apparat-dasturiy modul qurilmasi ishlab chiqilgan;
monoxorom videotasvirlarda konturlarga ajratish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Toifalashtirilgan qo‘riqlash ob’ektlari videoma’lumotlarini ixchamlash va raqamli ishlov berish usullarini ishlab chiqish, serverlar xotirasi va saqlash qurilmalaridan samarali foydalanish tizimini takomillashtirish asosida:
konturli-tizimlashtirilgan liniyalar usuliga asoslanib, videokuzatuv qurilmalari videoma’lumotlarini samarali ixchamlash tizimi Toshkent shahar Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondonligining 2019 yil 16 iyuldagi 5284-son ma’lumotnomasi). Natijada qayta ishlanayotgan axborot hajmini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga qo‘riqlanayotgan ob’ekt perimetri bo‘yicha kuzatuv kameralari sonini oshirish imkonini bergan;
dasturiy majmua «Tasvirlarni tizimlashtiruvchi liniyalar asosidagi videoma’lumotlar dekoderi» va «Tasvirlarni tizimlashtiruvchi liniyalar asosida videoma’lumotlarni ixchamlash uchun dastur» O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya harbiy qism va bo‘linmalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondonligining 2019 yil 16 iyuldagi 5284-son ma’lumotnomasi). Natijada chiquvchi ma’lumotlar hajmini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilgan, bu o‘z navbatida serverda katta hajmdagi axborotni saqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish