Qushimov Baxtiyor Alishovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritishda energiyatejamkor texnologiya va konstruksiyalar yaratishning nazariy asoslarini rivojlantirish», 05.02.07–Mashinasozlik mashinalari, apparatlari, agregatlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T37.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Kamolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulov Djavlan Ergeshovich, texnika fanlari doktori, professor; Fayzimatov Shuxrat Numonovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritishda energiyatejamkor texnologiya va konstruksiyalar yaratishning nazariy asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.V. Likov tomonidan yaratilgan differensial tenglamalar sistemasining analitik ko‘rinishdagi statsionar va nostatsionar masalalari uchun urug‘larni quritishning matematik modellari konvektiv issiqlik almashinuv jarayonini hisobga olish asosida takomillashtirilgan va analitik metodlari ishlab chiqilgan;
statsionar va nostatsionar hollar uchun olingan analitik echimlar ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini konkret quritish texnologik jarayonlari uchun A.V. Likovning analitik tadqiqotlari va matematik modellarining umumiy nazariyalari urug‘ bilan havo o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi asosida rivojlantirilgan;
ozuqabop cho‘l o‘simlik urug‘larini quritishning iqtisodiy samaradorligini 25–30% ga oshirishni ta’minlaydigan ikki bosqichli texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ozuqabop cho‘l o‘simlik urug‘larini quritishda ish unumdorligini 12% ga oshirishni ta’minlaydigan issiqlik akkumulyatori bilan jihozlangan suyuq issiqlik tashuvchi vakuum quritish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritish uchun suyuq issiqlik tashuvchi vakuum quritish qurilmasini qo‘llashning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritish uchun issiqlik tashuvchi suyuqlikning konvektiv issiqlik uzatishini ta’minlaydigan energiyatejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritishda unuvchanlikni oshirishni ta’minlaydigan past bosimli vakuum texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritishda energiyatejamkor texnologiya va konstruksiyalar yaratishning nazariy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritishning ikki bosqichli texnologiyasi Forish davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 iyundagi 05/18-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada quritilgan mahsulotga sarflangan xarajatlarni 25–30% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
issiqlik akkumulyatori bilan jihozlangan suyuq issiqlik tashuvchi vakuum quritish qurilmasi Forish davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 iyundagi 05/18-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada quritish qurilmasini qo‘llash ish unumdorligini 12% ga oshirish imkoni yaratilgan;
suyuq issiqlik tashuvchi vakuum quritish qurilmasini qo‘llash texnologiyasi Forish davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 iyundagi 05/18-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada quritish qurilmasining xizmat muddatini 1,2–1,3 marta oshirish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan quritish qurilmasida ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritishning energiyatejamkor texnologiyasi Forish davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 iyundagi 05/18-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada quritish qurilmasida energiyatejamkor texnologiyaning qo‘llanishi energiyatejamkorlikni 18–20% ga kamaytirish imkoniyatini bergan;
ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larini quritish uchun past bosimli vakuum texnologiyasi Forish davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 iyundagi 05/18-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada ozuqabop cho‘l o‘simliklari urug‘larining unuvchanligini 12–14% ga oshirish imkoni yaratilgan.