Xodjaeva Nigora Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyosh nuri ta’sirida qarishning patogenetik aspektlari va davolashning patogenetik asoslari», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib485.
Ilmiy rahbar: Sabirov Ulugbek Yusufxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zalyalieva Mar`yam Valievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh nuri ta’sirida qarishning patogenetik asoslari va davolashning zamonaviy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TGFb1 geni Arg25Pro variantlarining Arg/Pro geterozigotali genotipli bemorlariga nisbatan uning mutant Pro/Pro genotipli variantida kollagen ishlab chiqish jarayoni buzilishi sababli fotoqarishga moyillikning rivojlanish xavfi yuqori darajada uchrashi aniqlangan;
MMP-9 geni A-8202G polimorfizmining “noxush” G/G genotipi hamda MMP-1 1607G polimorfizmining G/G alleli assotsiatsiyalari o‘zaro birga kelishi bemorlarda yosh kollagen ishlab chiqish jarayoni buzilishi negizida fotoqarishning rivojlanishiga moyilligi ortishi bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor fotoqarish rivojlanishiga irsiy moyil bo‘lgan bemorlarda TGFb1 genining Arg25Pro mutant variantlari polimorfizmi uchrashiga nisbatan ularda MMP-9 genining A-8202G va MMP-1 1607G mutatsiyalari assotsiatsiyasining yuqori darajada uchrashi aniqlangan;
fotoqarishning rivojlanishi birinchi tip terida dermadagi kollagen tolalarining ishlab chiqarilishi buzilishi natijasida uning shakllanishining buzilishi, ikkinchi va uchinchi tipdagi bemorlarda esa kollagen parchalanishida ishtirok etadigan genlarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
teri fotoqarishining shakllanishida biologik molekulalar – trombotsitlar va fibroblastlar o‘sish omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klinik, immunobioximik va molekulyar-genetik izlanishlar asosida fotoqarishning davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fotoqarish: zamonaviy davolash usullari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 yanvardagi 8n-R/33-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fotoqarishni erta tashxislash, rivojlanishining asosiy omillarini aniqlash, o‘z vaqtida davolash usullarini tanlash va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
klinik va molekulyar-genetik izlanishlar asosida fotoqarishni davolashni takomillashtirilgan uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent viloyati teri-tanosil dispanseri, Samarqand viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 8n-d/168-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar fotoqarish bilan kasallangan bemorlarda tashxislash va yangi davolash uslubini qo‘llash orqali bemorlarda kasallikning asoratlari rivojlanishini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkoniyat yaratgan.