Sharipov Shuhrat Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za urug‘lari sifatiga saqlash muddatlarining ta’siri», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx374.
Ilmiy rahbar: Axmedov Djamalxan Xadjixanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli muddatlarda saqlangan o‘rta tolali mahalliy g‘o‘za navlari va G.hirsutum L. G.barbadense L., G.arboreum L., G.herbaceum L. turlariga mansub kolleksion namunalari urug‘larini saqlash muddatlarining urug‘lik chigit sifati va uning qimmatli xo‘jalik belgilariga ta’siri hamda 1000 dona chigit vaznini aniqlash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba turli muddatlarda saqlangan g‘o‘zaning mahalliy navlari urug‘larning sifat ko‘rsatkichlari hamda uzoq muddat saqlangan G.hirsutum L., G.arboreum L., G.herbaceum L., G.barbadense L. turlariga mansub madaniy kolleksion namunalar urug‘larining sifati ko‘rsatkichlariga saqlash muddatlari turlicha ta’siri aniqlangan;
G.hirsutum L. turiga mansub, rayonlashgan g‘o‘za navlari urug‘larining unuvchanligi ularning vazni va moydorligiga bog‘liq holda o‘zgarishi isbotlangan;
G.arboreum L. va G.herbaceum L. turiga mansub madaniy namunalar urug‘lari uzoq muddat saqlash jarayonida chigitlar qobig‘ining mustahkamligi va chigitning tuklanganligiga bog‘liq holda unuvchanligini yuqori darajada saqlab qolishi isbotlangan;
1000 dona chigit vaznini aniqlash usuli bo‘yicha O’z Dst 3354:2018 standarti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘za urug‘lari sifatiga saqlash muddatlarining ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
“Urug‘lik chigitning 1000 dona chigit vaznini aniqlash” standarti (O’z Dst 3354:2018) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi va standartlashtirish markazining 2019 yil 28 maydagi 01/20-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan yangi standart respublikamida ISTA uslubi bilan uyg‘unlashtirilgan va shu asosida urug‘chilik laboratoriyalarida chigit sifatini aniqlashda xizmat qilgan;
“S-6524” navining 4-5 yil mobaynida saqlangan elita urug‘lik chigitlar 2012-2015 yillar mobaynida Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Javlonbek” fermer xo‘jaligida 10 gektar, Zafarobod tumani “Toshtemir ota” urug‘chilik fermer xo‘jaligida “An-Bayout-2” navi 10 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 02/020-1219-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 2-yilgi urug‘lik ko‘chatzoridan terib olingan va 4-5 yil saqlangan oilaviy terim namunalaridan yuqori natijalarga erishilgan;
o‘rta tolali “S-6524” g‘o‘za navining 4-5 yil saqlangan elita urug‘lik chigitlari Andijon viloyati tumani Qo‘rg‘ontepa tumani “Oqsuv” urug‘chilik fermer xo‘jaligida “Andijon-36 navi” bo‘yicha 10 gektar, Izboskan tumani “Chungbog‘ish” elita urug‘chiligi fermer xo‘jaliklarida urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorida Andijon-36 navi 10 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 02/020-1219-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 2-yilgi urug‘lik ko‘chatzoridan terib olingan va 4-5 yil saqlangan oilaviy terim namunalarini keng maydonlarda ekish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish