Azizova Ra’no Baxodirovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Idiopatik va simptomatik epilepsiyada klinik-neyroimmunologik paralellar », 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutini tamomlagan.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib51.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzuridagi, 16.07.2013.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: A.A. Skoromes tibbiyot fanlari doktori professor, Sh.Sh. Magzumova tibbiyot fanlari doktori professor, A.T. Djurabekova tibbiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyar nomli Kozokiston milliy tibbiet universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. idiopatik va simptomatik epilepsiyadaklinik-neyroimmunologik parallellarni ularning kasallik patogenezidagi va kechishini prognozlashdagi rolini aniklash orqali tashhisiy va terapevtik yondoshuvlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simptomatik va idiopatik epilepsiyaning klinik-neyrofiziologik xususiyatlarini kognitiv buzilishlarni xisobga olgan xolda differensial-tashxislash mezonlari aniqlangan;
S100, GFAP, MUO, NF200 oqsillariga va glutamat, GAMK, dofamin, serotonin, xolin va vol`tajga tobe Sa-kanali neyromediatorlariga nisbatan zardobdagi immunreaktivlikni aniqlash orqali idiopatik va simptomatik epilepsiyada immun-biokimyoviy siljishlar isbotlab berilgan;
epilepsiyadagi neyroimmun o‘zaro bog‘liqligi asosida, idiopatik epilepsiya patogenezining asosiy bo‘g‘ini neyromediatorlar disbalansi, simptomatik epilepsiyada esa AATning GFAP va MUO ga oshishi aniqlangan;;
epilepsiyaning shakliga ko‘ra, immunreaktivlik ko‘rsatkichlari orasidagi tafovutning oshishi, ulardagi siljishlarning mazkur oqsillar va neyromediatorlarga qarshi antitanalar xususiyatlari aniqlanishi epilepsiya xurujlari patogenezining molekulyar mexanizmlari nuqtai-nazaridan turli kelib chiqishga egaligi isbotlangan;
zardobdagi tabiiy autoantitanalar miqdori bilan epilepsiya shakllari, kasallikni davomiyligi,xurujlar qaytarilish chastotasi, kognitiv uzgarishlar mavjudligi o‘rtasida korrelyasiyaviy parallellar aniqlangan va epilepsiyaning kechishi, og‘irligini prognozlashning immunologik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Epilepsiya kasalligida kognitiv o‘zgarishlarini samarali davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar “Epilepsiyada kognitiv o‘zgarishlarni davolash usullarini mutanosiblashtirish” uslubiy tavsiyanoma asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Chirchiq shaxar tibbiyot birlashmasi, Toshkent shaxar 5- klinik shifoxonasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 24 fevraldagi 8N-g/15 va 2015 yil 29 oktyabrdagi 83/11-son xulosalari). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar epilepsiya kasalligida remissiya holatlari 22,3% ga ortib, gospitalizatsiya esa o‘rtacha yiliga 1,8±0,05 marta kamaytirish imkonini bergan.