Turdieva Nilufar Mo‘minovnaning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vodiysida qattiq bug‘doy etishtirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.08 «O‘simlikshunoslik» (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx133.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: -

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.24.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Avliyakulov Avaz Erankulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi qattiq bug‘doyning yangi rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini biologik xususiyatlari, mintaqa tuproq-iqlim sharoitlariga mos holda tanlash hamda yuqori va sifatli don hosili etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi

ilk bor Zarafshon vodiysi sharoitidaDavlat reestriga kiritilgan va istiqbolli qattiq bug‘doy navlarining biologiyasidan kelib chiqqan holda etishtirish agrotexnologiyasi elementlari takomillashtirilgan;

qattiq bug‘doy navlari hosilini etishtirishda turli tashqi omillarning urug‘larni unuvchanligi, donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari, o‘simlikdagi fiziologik jarayonlar, ildiz tizimi, qishga va boshqa noqulay sharoitga chidamliligi aniqlangan;

qattiq bug‘doyning Istiqlol va Aleksandrovka navlari urug‘ini ekish muddatlari, me’yorlari,  o‘g‘itlash me’yorlari va sug‘orish tartiblari, begona o‘tlarga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish orqali don sifatini yaxshilash usullari ishlab chiqilgan;

kuzgi bug‘doy agrobiotsenozini yaratishda qatnashgan begona o‘tlar turlari va zararlash darajasi baholanib, ularga agrotexnik tadbirlar orqali qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan;

makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati talablariga javob beradigan sifatli don etishtirish agrotadbirlari ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qattiq bug‘doy hosilini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish asosida quyidagilar amaliyotga joriy etildi:

qattiq bug‘doyning kuzgi «Istiqlol» navi Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasiga qarashli nav sinash shoxobchalarida muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tgan va 2012 yildan e’tiboran istiqbolli deb topilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 10.06.2016 y., 53/4-718-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu nav respublikada 1,0 ming gektardan ortiq g‘alla maydonlarida ekilmoqda;

qattiq bug‘doy navlari hosilini etishtirishning maqbul agrotexnologiyalari 2014–2015 yillari Samarqand viloyatining Oqdaryo, Narpay tumanlarida va Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani fermer xo‘jaliklarida jami 15,0 ming gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 02.02.2016 y., 02/21-141-son ma’lumotnomasi). Bunda maqbul agrotexnologiya qo‘llanganda qattiq bug‘doy navlaridan 15,1–16,9 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan, dondagi oqsil miqdori 0,8–1,1%, kleykovina 2,9–4,7% ga oshgan va iqtisodiy samara esa gektariga 150–221 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish