Safarov Baxodirxon Shaxriyorovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.05 –xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.I68.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. I.Ivatov  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; K.D. Mirzaev, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor; M.A.Maxkamova, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi milliy turistik xizmatlar bozorini innova-sion rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashti-rish va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mintaqaviy turistik-rekratsion saloxiyatdan samarali foydalanish, turistik xizmatlar turlarini ko‘paytirish, sifati va hizmatlar eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

mintaqaning betakror turistik resurslaridan samarali foydalanish hamda ichki va xalqaro turizmini izchil rivojlantirish asosida mintaqa turistik-rekratsion klasterini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan;

turistik korxona boshqaruv samaradorligini aniqlashda dinamik me’yorlar modeli asosida baholash usuli ishlab chiqilgan;

milliy turizm sohasining investision jozibadorligini oshirish, davlat va xususiy biznes hamkorligini yanada mustahkamlash hamda milliy turistik destinatsiya sifatida maqbul tassavvurni shakllantirish va turistik oqim hajmini oshirishni e’tiborga olgan holda innovatsion rivojlanishning o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

turizm xizmatlari sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tasdiq-langan «Samarqand viloyatida turizmni innovatsion rivojlantirish strategiyasi»da foydalanilgan («O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 2016 yil 16 maydagi 02-09/805-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish mintaqada xorijiy turistlar oqimining 9 foizga ko‘payishi imkonini beradi;

turistik faoliyat servisi va samaradorligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy natijalardan «Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, turistik xizmatlar ko‘rsatish turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda eksport xajmini keskin oshirishga qaratilgan kompleks  chora-tadbirlar» dasturida foydalanilgan («O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 2016 yil 16 maydagi 02-09/805-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish mintaqada turizm sohasi xizmatlarini va eksport xajmini keyingi ikki yil maboynida 2 martaga oshirish imkonini beradi;

turistik xizmatlar bozorinining metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish va turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalardan «Turizm» ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun «Turizm asoslari» darsligida foydalanilgan (№ 220-153, ISBN 978-9943-975-50-7). Ilmiy natijalardan darslikda foydalanish turizm ta’lim tizimi samaradorligini oshirish imkonini beradi;

mintaqa sharoitida turistik-rekreatsion klaster modelini shakllanti-rish va rivojlantirishga oid ilmiy natijalardan ITD-2-15 «O‘zbekistonda bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini kompleks rivojlantirish muammolari» loyihasida (2012-2014) Samarqand viloyatida turistik-rekreatsion klaster modelini shakllantirish algoritmini tayyor-lashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi yildagi FTK-03-13/349-son malumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydala-nish bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmining mohiyatini belgilash, uning klaster tarkibida bo‘lgan o‘rnini aniqlash, shuningdek, klaster ishtirok-chilarining o‘zaro munosabatlari doirasini chegaralash va tegishli jarayonlarni samarali bashoratlash imkonini beradi;

turistik korxona boshqaruv samaradorligini dinamik me’yorlar modeli yordamida baholashning EHM uchun kompter dasturiga (№DGU 03656); O‘zbekiston xududlarida turizm taraqqiyotining intensivlik koeffisientini hisoblash uchun kompyuter dasturiga (№DGU 03562), turizm xizmat bozori boshqaruv tizimi samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini avtomatlashtirilgan kompyuter dasturiga (№ DGU 03563), respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turfirma va mexmonxonalar ma’lumotlar bazasiga (№VGU 00327) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan quyidagi ilmiy natijalarni  amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha guvohnomalar  olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish