Adilxodjaev Askar Anvarovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Periampulyar o‘smalarda xirurgik taktikani takomillashtirish», 14.00.27 – xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.Tib642.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xakimov Murod Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan mkassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi, AJ va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Xan Dok Chong, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vishnevskiy Vladimir Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmadjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Memorial Sloan Kettiring Kanser markazi (N`yu York, AQSh).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
periampulyar o‘smalar asoratlangan mexanik sariqlik kuzatilgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
o‘sma kasalligining bosqichi va tarqalganini aniqlash hamda optimal xirugik davo usulini tanlashda diagnostik laparoskopiya amaliyotining samaradorligi isbotlangan;
mexanik sariqlik bilan asoratlangan periampulyar o‘sma aniqlangan bemorlarda radikal operatsiyalar o‘tkaza olishni oldindan aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
gastropankreatoduodenal rezeksiyada pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligining oldini olish usuli ishlab chiqilgan;
PAO‘ bilan bemorlarni bosqichli davolash taktikasi bo‘yicha klinik tavsiyalar ishlab chiqildi va retrograd va antegrad jigar orqali amaliyotlar, palliativ va radikal operatsiyalarning tanlovi optimallashtirilgan;
mexanik sariqlik bilan asoratlangan periampulyar o‘smalarda to‘siqqa, sariqlikning davomiyligiga va taxmin qilingan davolash usuliga bog‘liq holda o‘t suyuqligi chiqishining mezonlari aniqlangan;
mexanik sariqlik bilan asoratlangan PAO‘ bo‘lgan bemorlarga tashxis qo‘yish va o‘t yo‘llarining dekompressiyasi usulini rejalashda MRPXG o‘rni aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
mexanik sariqlik bilan asoratlangan PAO‘ bo‘lgan bemorlarda laborator-instrumental tashxis qo‘yish usullariga baho berilgan. Yuqori aniqlik bilan tashxis qo‘yish, uning muddatini qisqartirish va jarrohlik davolash usulini aniqlashda magnit-rezonansli pankreato-xolangiografiyani va mul`tislays kompyuter tomoangiografiyaning samaradorligi isbotlangan;
MS bilan asoratlangan PAO‘ bemorlarga takomillashtirilgan tashxis qo‘yish algoritmi bemorlarni samarali davolash taktikasini aniqlashda imkon berdi, ya’ni o‘t chiqarish yo‘llarining siqilib qolishi kamaytirildi, bu esa o‘z navbatida jarrohlik usulida davolashni va davolash natijalarining yaxshilanishiga olib keldi;
MS bilan asoratlangan PAO‘ retrograd va antegrad endobiliar usullar bilan davolash natijalarining tahlili asosida to‘siqning darajasiga, MS davomiyligiga, qo‘shimcha kasalliklar paydo bo‘lishiga va mo‘ljallangan davolash usulining samaradoligiga baho berilgan.
diagnostik laparoskopiya o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan mezonlar radikal operatsiya qilish, palliativ anastomoz qo‘yish yoki operatsiyadan voz kechish, shuningdek, keraksiz bo‘lgan laparotomiyalarni o‘tkazmaslik uchun asos bo‘ldi;
mexanik sariqlik bilan asoratlangan PAO‘ diagnostikasi va davolash natijalarini baholash asosida radikal operatsiyalar o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan dastur ushbu operatsiyalarni o‘tkazish va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni aniqlash imkonini beradi;
gastropankreatoduodenal rezeksiyadan keyingi pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligining oldini olish uslubi ishlab chiqilgani va uning amaliyotga kiritilgani, pankreatik fistula kelib chiqishini kamaytiradi va jarrohlik davolash natijalarini yaxshilaydi;
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, MS asoratlangan PAO‘ bo‘lgan bemorlarni davolashda tavsiya etilgan ko‘rsatmalarga rioya qilish va har bir bemorga mos bo‘lgan jarrohlik amaliyotini tanlash operatsiyadan keyingi asoratlarning kelib chiqishini va jarrohlik amaliyotidan keyin uchraydigan noxush holatlarning kamayishiga olib keladi.