Mirzaxmedov Murod Mirxaydarovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

     I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kattalarda Girshprung kasalligining diagnostikasi va amaliyot usulini tanlash», 14.00.27–xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib133.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Navruzov Sarimbek Navruzovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika koloproktologiya ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.20.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: S.I.Achkasov, tibbiyot fanlari doktori, professor (Moskva);. A.V.Vorobey tibbiyot fanlari doktori (Belarus` Respublikasi); A.M. Xadjibaev tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: «Toshkent pediatriya tibbiyot instituti» 

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi diagnostika usulini optimallashtirib, kattalarda Girshprung kasalligi bilan kasallangan bemorlarda to‘g‘ri ichakni qorin - anal rezeksiyasi va chambar ichakni anal kanaliga ortig‘i bilan tushirish amaliyotini qo‘llagan holda xirurgik davolash natijalarni yaxshilashdan iborat.

    III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kattalarda Girshprung kasalligining klinik kechish belgilari aniqlangan;

ishlab chiqilgan algoritm diagnostika chora-tadbirlari Girshprung kasalligini kattalarda uchraydigan boshqa turdagi megakolon bilan qiyosiy tashxis o‘tkazishda yordam beradi;

kattalarda Girshprung kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan yangi to‘g‘ri ichakni ikki brigadali qorin-anal rezeksiyasi amaliyot modifikatsiyalangan to‘g‘ri ichakni qorin-anal rezeksiyasi amaliyotidan keyin kuzatilgan yaqin va uzoq natijalari boshqa turdagi bajarilgan jarrohlik amaliyotlari bilan taqqoslash o‘tkazilgan;

ilk bora gistologik, endoskopik va kliniko-rentgenologik tekshiruvlar natijalariga asoslanib, to‘g‘ri ichakni qorin-anal rezeksiyasi «tushirish» amaliyoti standartlashtirilgan holda (bir va ko‘p bosqichli), amaliyotlar bajarilishiga ko‘rsatmalar aniqlanib, amaliyotdan keyingi davrdagi kuzatiladigan asoratlarni va kasallikning qaytalanishi oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar takomillashtirilgan;

kattalarda Girshprung kasalligini davolash taktikasi yo‘g‘on ichakning kengayganlik va intoksikatsiya darajasi, bemorning umumiy ahvoli, yo‘g‘on ichakni amaliyotga vizual tayyorgarlik natijasiga, o‘tkazilgan konservativ davo chora-tadbirlarni inobatga olgan holda va kasallikni klinik ko‘rinishiga qarab, jarrohlik davolash taktikasi aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kattalarda Girshprung kasalligida ishlab chiqilgan to‘g‘ri ichakni qorin-anal rezeksiyasi va «tushirish» amaliyoti (ixtiro patenti №IAP 05140, 17.12.2015 yil) hamda shu kasallikni davolash yulini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, koloproktologiya ilmiy markazi, 1-shahar klinik shifoxonasi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan. Tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot Akademiyasining UASh jarrohlik kafedrasida qo‘llanmoqda (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 30 dekabrdagi 8N-k/366-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning joriy qilinishi Girshprung kasalligi bilan kasallangan katta yoshli bemorlarda diagnostika usulini yaxshilash, amaliyot usulini tanlash, kasallik qaytalanishining oldini olish, amaliyotdan keyingi asoratlar va qoniqarsiz natijalarni 7,7% dan 4,5% gacha kamaytirish, bemor shifoxonada bo‘lish kunini qisqartirish va umrining davomiyligini uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish