Shukurov Esandavlat Mengziyaevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlarini keng ko‘lamli tashxislash va davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/ Tib101.
Ilmiy rahbar: Dursunov Axmad Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc 04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murod Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Sattorov Alisher Raximovich, tibbiyot fanlari doktori; Musaev Toxir Siddiqovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik G.A.Ilizarov nomidagi «Vosstanovitel`naya travmatologiya i ortopediya» ilmiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlarining davolash natijalarini keng ko‘lamli diagnostika va tashqi-ichki kaminvaziv davolash usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlarini davolash uchun Ilizarov apparati kompanovkalarisiz-sterjenli moslamalar yordamida takomillashtirilgan;
oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlarini davolash uchun Ilizarov apparati kompanovkalarining takomillashtirilishiga asoslangan suyak konsolidatsiyasining cho‘zilishini oldini oluvchi kompleks davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan kaminvaziv tashqi six-sterjenli moslamalarning 30-40 kilogrammga teng stabil mustahkamligi eksperimental biomexanik tekshiruvlar yordamida isbotlangan;
quyonlarda o‘tkazilgan eksperimental tekshiruvlarga asoslangan holda suyaklarning ko‘p sonli sinishlarida bisfosfonatlardan foydalanish sterjenlar atrofidagi fibroblast suyak to‘qimalari proliferatsiyasi profilaktikasi hamda optimal konsolidatsiya muddatlariga erishish mumkinligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan tashqi gibrid six-sterjenli moslamalarni bloklovchi intramedulyar sterjenlar bilan birga kombinatsiya holida qo‘llash infeksion va infeksion bo‘lmagan yog‘li emboliya, chuqur venalar trombozi kabi asoratlarning kamayishi, suyak regeneratsiyasining optimallashishi va bo‘g‘imlar kontrakturasining oldi olinishi isbotlangan;
oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlari va immobilizatsion suyak mo‘rtligi bo‘lgan bemorlarda davolashda bisfosfonatlardan foydalanish posttravmatik osteopeniya holatining kamayishi va immobilizatsion osteopenik davrning qisqarishi densitometrik tekshiruvlar yordamida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq uzun suyaklarini ko‘p sonli sinishlarini davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Oyoq uzun suyaklari sinishlari osteosintezi uchun six-sterjenli apparat» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 8n-d/43-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlarini davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
«Uzun suyaklarni osteosintez uchun qo‘llaniladigan sterjenli moslama» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 8n-d/43-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oyoq uzun suyaklari ko‘p sonli sinishlarini davolash jarayonida va konsolidatsiya davrida Ilizarov apparatlari kompanovkalari elementlarining takomillashtirilishiga asoslangan fiksatsiya qiluvchi optimal osteosintez taktikasi ishlab chiqilgan va ko‘p sonli sinishlarda suyak bo‘laklarining barcha turdagi siljishlarini bartaraf etish imkonini bergan hamda davolashning to‘liq jarayonida suyak bo‘laklarining barqarorligini ta’minlash imkonini bergan.
Oyoq uzun suyaklarining ko‘p sonli sinishlarida diagnostika qilish va keng ko‘lamli davolash taktikasini joriy etish jarayonida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 8n-d/43-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish yiringli asoratlar soni, yog‘li emboliya va chuqur venalar trombozini 1,8 marotaba kamaytirish, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va suyak to‘qimasi mineral zichlik ko‘rsatkichlarining barqarorlashishiga va singan oyoqning anatomik shakli va funksiyasining normallashishi 82,5%gacha yaxshi natija imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish