Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim bosqichlarida Erkin Vohidov ijodi va hayotini o‘rgatish usullari”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped662.
Ilmiy rahbar: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori; Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim bosqichlarida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodini o‘rgatish mazmunini yoritish; bu jarayon samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or usullardan, ta’lim texnologiyalardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tizimini ishlab chiqish; shoir ijodi namunalari – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish vositasi ekanligini ilmiy-metodik jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslarida Erkin Vohidov ijodidan namunalarni tizimli tahlil qilishda didaktik tahlilning matnga tayanib, badiiy obrazlar asosidagi muammoli tahlil usullaridan foydalanish orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishish mumkinligi asoslangan;
filologik tahlildan farqli o‘laroq shoir asarlarini didaktik tahlil qilishda estetik yaxlitlik, tizimlilik, estetik asoslarning ustuvorligi, tahlilning sub’ektiv xususiyati kabi tamoyillarga tayanish ta’lim samaradorligini ta’minlovchi vosita ekanligi aniqlangan;
ta’lim bosqichlariaro uzviylik hamda uzluksizlik tamoyili asosida Erkin Vohidovning poetik, liro-epik hamda dramatik asarlarini tahlil qilishda tayaniladigan, o‘quvchilar o‘zlashtirishlari zarur hisoblangan nazariy bilimlar mazmuni ochib berilgan;
o‘quv tahlilining filologik tahlildan farqi jamoaviy shaklda amalga oshiriladigan pedagogik-psixologik hamda badiiy estetik jarayonligi asoslangan;
o‘rta maxsus va oliy ta’limda Erkin Vohidov hayoti, ijodiy faoliyatini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish samaradorligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim bosqichlarida Erkin Vohidov ijodi va hayotini o‘rgatish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
didaktik tahlilning matnga tayanib, badiiy obrazlar asosida muammoli tahlil usullaridan foydalanib o‘quvchilarda tahlil malakasini shakllantirishga oid takliflardan umumta’lim maktablari adabiyot darslariga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2019 yil 17 maydagi 01/11-01/4-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirning mustaqil o‘qishga tavsiya qilingan asarlar asosida o‘qib o‘rganishga, o‘quvchi (talaba)lar ma’naviyatini boyitishga, tahlil malakasini takomillashtirishga erishilgan;
badiiy asar tahlilining estetik yaxlitlik, tizimlilik, hissiy-irratsional idrok natijasi ekanligi, tahlilda badiiy matnga tayanish, estetik asoslarning ustuvorligi, tahlilning sub’ektiv xususiyati kabi tamoyillar asosida Erkin Vohidov asarlarini o‘rgatishning samarali usullari vositasida tashkil qilingan ochiq darslar, seminar-treninglar va metodik ma’ruzalar orqali o‘quvchilarda insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishning pedagogik-metodik xususiyatlarini ochib berishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3502-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy tahlil va talqindan foydalanib o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash hamda kitobxonlik darajasini o‘stirish, tahlil malakasini takomillashtirishga erishilgan;
Erkin Vohidovning Alisher Navoiy g‘azallari tahliliga doir mulohazalaridan mumtoz adabiyotdagi lirik janrlarni tahlil qilishga oid xulosalardan A-1-98 raqamli «Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 maydagi 89-03-2356 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda qator janrlar haqida nazariy bilimlar shakllanishiga erishilgan;
Erkin Vohidovning liro-epik, dramatik asarlarini tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalardan Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti Turk tili va adabiyoti bo‘limining mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Karabuk universitetining 2019 yil 2 iyundagi 009/17-son ma’lumotnomasi). Natijada universitet talabalarida Erkin Vohidov kabi o‘zbek adabiyoti namoyandalari haqida bilim va tushunchalar shakllantirilgan.