Jumanazarov Umid Umirzakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped247.
Ilmiy rahbar: Jalolov Jamol Jalolovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Talibdjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishning reproduktiv darajasining qo‘llanuvchanlik, kommunikativ, mamlakatshunoslik, stilistik mezonlari o‘zini o‘zi baholash, individual tartibda rivojlantiruvchi treninglar, frazeologik mashqlar va o‘yinlar majmuini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
frazeologik materiallarni faktorli tahlil asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida frazeologik kompetensiyani rivojlantirish bosqichlarini kengaytirish hamda paremalarning semantik ma’nolarini izohlash orqali frazeologik birliklarning lingvodidaktik tipologiyasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishning strategik bosqichli algoritmi frazeologik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishning lisoniy manbalarini tasniflash asosida tarkibli, semantik, stilistik va funksional frazeologik kompetensiyalar aniqlangan, ularning  harakatlar strategik dasturini yaratishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar hamda dasturli ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishga doir innovatsion, informatsion, lingvistik va kommunikativ kompetensiyalar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89-03-4302-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar tizimi pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga malaka talablari, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi portfoliosi, professiogrammasi hamda frazeologik kompetensiyaning shakllanish bosqichlari, modeli, tasnifi va semantizatsiyasi ishlab chiqildi va ular OTM ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoniga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89-03-4302-son ma’lumotnomasi). Ular ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishga hizmat qilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustidagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori hamda uning ijrosiga yo‘naltirilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 17 avgustdagi 584-sonli buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89-03-4302-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjatlar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari va til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalar uchun intensiv kurslar faoliyatini samarali tashkil qilish, chet tillarda turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali ularning frazeologiyaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish imkoniyatini kengaytirgan va ishlab chiqilgan metodikani qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish sifati hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi lisoniy kompetentlik darajasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish