Xaydarov Ozodjon Aslamkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbol qo‘rsatkichlari asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish tizimi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped279.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘oyibnazarov Baxodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlari asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlari asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning kasbiy tanlov sohasidagi qat’iy pozisiyasini sub’ektiv ehtiyojlarning ob’ektiv resurslar bilan bevosita aloqadorligi bilan o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
erkin iqtisodiy zonalarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning prognostik modeli, mutaxassislar bilan mehnat bozori ehtiyojlari, istiqbol rejalarga hamohang kafolatli ta’minlash imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
hududlar (erkin iqtisodiy zonalar) kesimida kichik mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish tizimi doirasida internet tarmog‘ida (www.kasbtanla.uz) dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishga zamonaviy didaktik talablar asosida kasb-hunar sohasiga oid ma’lumotlar bilan interaktiv tanishish, o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tashxis etish, mustaqil ta’lim asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning informatsion-dasturiy texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbol qo‘rsatkichlari asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish tizimi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlari asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish tizimi yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida: o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tahlil etish orqali sub’ektiv ehtiyojlarning ob’ektiv resurslar bilan bevosita aloqadorligiga asoslangan pedagogik mexanizmni aniqlashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 868-son qarori bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-02-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish dasturlarini respublikamiz ta’lim amaliyotiga joriy etish yo‘nalishlarini optimallashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning prognostik modeli ichki va tashqi omillarning maxsus funksiyalar va kasbiy o‘z-o‘zini anglash sohalari bilan qayta aloqasini ta’minlovchi integrallashgan jarayon o‘quv modullarini ishlab chiqish, kompyuter injiniringi texniki yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish jarayoni mazmuni va dasturiy ta’minotini takomillashtirishga doir nazariy va amaliy tavsiyalardan “Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining X–XI sinf o‘quvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomga muvofik malaka talablari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-02-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv ishlab chiqarish majmualarida o‘quvchilarda amaliy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik talablar asosida 239 ta kasb-hunar sohasi haqidagi ma’lumotlar bilan interaktiv tanishish, o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tashxis etish, mustaqil ta’lim asosida kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishning informatsion-dasturiy texnologiyasidan “Axborot kutubxona tizimining dastriy ta’minotlari” (– T.: Tafakkur bo‘stoni, 2017 ) darsligini ishlab chiqishda nazariy va amaliy material sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 12 dekabrdagi 89-03-3102-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllanish jarayoni dinamikasini tadrijiylik asosida tashxis etish va monitoringi jarayonlari samaradorligi oshgan.