Yusupova Maxpuza Numanovnaning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli usullarda ekilgan g‘o‘za uchun uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini takomillashtirish», 06.01.09–o‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5Qx140.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Obidjon, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
turli usullarda ekilgan g‘o‘zada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan entomologik, fitopatologik hamda gerbologik o‘zga-rishlarni e’tiborga olgan holda, uning himoya tizimiga tegishli o‘zgarishlar kiritish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor «g‘o‘za-g‘alla» navbatlab ekish tizimi agrobiotsenozda sodir bo‘ladigan entomologik hamda mikrobiologik (fitopatologiya nuqtai nazaridan) o‘zgarishlari aniqlangan;
turli tartibda ekilib turli ko‘chat qalinligiga ega bo‘lgan g‘o‘zani zararkunanda va kasalliklar bilan shikastlanishdagi farqi aniqlangan;
g‘o‘zani mul’chalab ekishda Stomp gerbisidini ishlatish samaradorligi baholangan;
entomologik ob’ektlar erta rivojlana boshlashi sababli g‘o‘za tunlami mavsumda 3,5 avlod berishi ochib berilgan;
20-25 kun erta o‘tkazilgan defoliatsiyani zararli entomofauna jumladan, shira va g‘o‘za tunlamiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zani plyonka ostida etishtirish bilan birga g‘o‘za zararkunandalariga qarshi preparatlar va begona o‘tlarga qarshi Stomp gerbisidini gektariga 1,5-2 l me’yorda qo‘llash usuli, jami, 4,7 ming gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 29.01.2016 y., 02/20-134-sonli ma’lumotnoma). G‘o‘za zararkunandalariga qarshi preparatlar va begona o‘tlarga qarshi gektariga 1,5-2 litr me’yorda Stomp gerbisidini qo‘llangan texnologiya joriy etilgan paxta maydonlarida gektaridan 8,5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olindi va iqtisodiy samara gektariga 195,0 ming so‘mni tashkil etgan.