Yusupov Abdusalim Xolboevichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mevali bog‘lar tangachaqanotlilari (Insecta, Lepidoptera) bioekologiyasi va ularning sonini boshqarish», 06.01.09–o‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.Qx206.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Boymetov Karim Isaevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tellaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
mevali bog‘larda uchraydigan tangachaqanotli hamda biologiyasi, zararkunandaning zararlash miqdor mezonini belgilash asosida ularning sonini boshqarish yuzasidan ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor respublikamiz mevali bog‘larida uchraydigan tangachaqanotli zararkunandalar tur tarkibi aniqlangan hamda zararkunandalarning oziqlanish ixtisosligiga ko‘ra uchta (ksilofaglar, fillofaglar va karpofaglar) guruhiga mansub asosiy turlarining biologik rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
tangachaqanotli zararkunandalar asosiy turlarining biologik xususiyatlari, zararlilik darajasi aniqlangan;
zararlangan ob’ektlarga qarshi insektisidlarni qo‘llashni o‘choq-uyali, mexanik usuli, feromon tutqich yordamiga asoslangan feromonitoring usuli, shuningdek, gormonal insektisidlarni qo‘llash usullari ishlab chiqilgan;
ko‘chatzorlar va mevali bog‘larni tangachaqanotli va yo‘ldosh zararkunandalardan umumiy uyg‘unlashgan himoya qilishning takomillashgan tizimi ishlab chiqilgan;
mevali bog‘larni yangi takomillashgan himoya qilish tizimida 11 ta insektisid turiga agrotoksikologik jihatdan baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
11 ta insektisid mevali bog‘lar tangachaqanotli zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimida qo‘llash uchun «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati» ga kiritilgan.
Respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotida qo‘llash uchun tangachaqanotli zararkunandalar hamda yo‘ldosh zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning umumiy tizimi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 22.01.2016 y., 02/90-94-sonli ma’lumotnoma).
Respublikaning 81 ming gektar maydondagi mevali bog‘larida mazkur preparatlar qo‘llanilgan va har gektardan o‘rtacha 31,5-66,5 sentner qo‘shimcha hosil olingan, sarflangan har 1 so‘m uchun 2-3,6 so‘mlik mahsulot olingan.