Kurbonova Gulsara Sodikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomli): «Fransuz va o‘zbek tillarida onomastik komponentli frazeologizmlarning milliy-lisoniy xususiyatlari», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil67.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Dustmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fransuz va o‘zbek tillaridagi onomastik komponentli frazeologizmlar milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash va ularning o‘xshash hamda farqli jihatlarini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillaridagi antroponim va toponim komponentli frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalari an’anaviy ismlar bilan, millat fol`klori, xalq tarixi va real tarixiy shaxslar bilan hamda badiiy asar personajlari bilan bog‘liq frazeologizmlar asosida aniqlangan;
turli oilaga mansub ikki til doirasida frazeologik birliklar tarkibidagi dominant antroponim komponentlarning milliy-madaniy xususiyatlari olamning frazeologik manzarasida shaxsning ijobiy va salbiy qiyofasini shakllantirishi isbotlangan;
ikki tilga oid frazeologik birliklar tarkibidagi toponimlar ijobiy – avtostereotip, salbiy – geterostereotip tushunchalariga ega ekanligi dalillangan;
fransuz va o‘zbek tilidagi onomastik komponentli frazeologizmlarning farqli tomonlari ekvivalentsiz so‘zdan tashkil topganligi, o‘xshashligi esa obrazlilik natijasida yuzaga kelishi orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fransuz va o‘zbek tillarida onomastik komponentli frazeologizmlarning milliy-lisoniy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
onomastik komponentli frazeologik birliklar chet tilini egallashning umumevropa kompetensiyalari (CEFR) asosida yaratilgan “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” darsligida qo‘llanilgan matnlar mazmuniga singdirilgan (2018 yil 14 iyunda 531-son guvohnoma). Mazkur darslikda fransuz va o‘zbek tillarida tavsiya etilgan matnlarda va mashqlarda qo‘llanilgan frazeologizmlar o‘qish, yozish, tinglab tushunish va kommunikativ muloqot jarayonida talabalarga chet tilini o‘rgatish kompetensiyasini oshirishda muhim ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qilgan;
antroponim hamda toponim komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy o‘ziga xosligi haqidagi ikkinchi va uchinchi boblari Fransiyaning Tur shahrida xalqaro tillar festivali doirasida xorijlik tinglovchilarga ilmiy seminar o‘tkazish uchun muhim ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qilgan (“O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyati”ning 2018 yil 30 noyabrdagi 52-son ma’lumotnomasi). Natijada onomastik komponentli frazeologizmlarga oid to‘plangan materiallardan xorijlik tinglovchilarga o‘zbek tilini o‘qitishda keng foydalanish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqotning ikkinchi va uchinchi boblaridan antroponim hamda toponim komponentli frazeologik birliklarning tarjimada o‘ziga xosligi va farqlarini aniqlashda YoA 1-06 2012-2013 raqamli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginingg 2018 yil 4 dekabrdagi 89-03-4188-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija antroponimlar va toponimlarning frazeologik birlik tarkibida milliy-madaniy xususiyatga ega ekanligini aniqlash va baholashga xizmat qilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi antroponim va toponim komponentli frazeologik birliklarning milliy va madaniy xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi materiallaridan “O‘zbekiston” telekanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan “Tilga e’tibor”, “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2018 yil 17 dekabrdagi 02-13-2198-son ma’lumotnomasi). Natijada antroponim va toponim komponetli frazeologizmlarga oid to‘plangan ma’lumotlardan balalarga tilni o‘rgatishda keng foydalanish imkoniyati yaratilgan.