Allayarov Otabek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston barqaror taraqqiyotini ta’minlashda internet texnologiyalaridan samarali foydalanish mexanizmlari», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ss66.
Ilmiy rahbar: O‘tamurodov Akbar O‘tamurodovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Juraqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori; Xasanov Baxtiyor Madaminovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda internet texnologiyalaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-konseptual xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda siyosiy internet identifikatsiyasi konsepsiyasini yaratishda siyosiy jarayonlarning asosiy ishtirokchilari hisoblangan davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning (davlat+NNT, davlat+ijtimoiy tarmoqlar kabi) siyosiy mexanizmlari ochib berilgan;
jahon siyosiy tizimida global tarmoqning shaxslar yoki guruhlar e’tiborini global muammolarga jalb etishda siyosiy kommunikatsion va siyosiy texnologik imkoniyatlarga egaligi, shu bilan birga uning jamiyatda tartibsizlik, siyosiy beqarorlik, separatizm,  “rangli inqiloblar” kabilarni keltirib chiqaruvchi vayronkor omil ekanligi asoslangan;
shaxs yoki guruhning o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, internetning salbiy (buzg‘unchi g‘oya, behayo fil`mlar, rasmlar, suisidga etaklovchi o‘yinlar, javobgarligi yo‘q fikrlar kabi) axborotlarni tarqatish holatlariga chek qo‘yishda on-line va off-line muloqot, o‘zaro tajriba almashish, motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv, forumlar, ta’limiy platforma, intellektual karta, veb-kvest tizimidan foydalanishni tashkil etish ijtimoiy zarurat ekanligi ochib berilgan;    
internetning aholi, xususan yoshlarning mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlardan, kundalik voqea hodisalardan habardorligini oshirish hamda tezkor axborot manbalaridan olinayotgan ma’lumotlarga nisbatan mustaqil dunyoqarashi va fuqarolik pozisiyasini kuchaytirishdagi roli ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston barqaror taraqqiyotini ta’minlashda internet texnologiyalaridan samarali foydalanish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda siyosiy internet identifikatsiyasi konsepsiyasini yaratish taklif qilinib, unda siyosiy jarayonlarning asosiy ishtirokchilari hisoblangan davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning siyosiy mexanizmlari bilan bog‘liq taklif va xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rejasining V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” yo‘nalishi, 7- (Axborot resurslari orqali tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olishga qaratilgan bukletlar, risolalar, slayd va ma’ruza matnlari tayyorlash va hududlarga etkazish) bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 24 avgustdagi 01/010-940-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa va takliflar Markazning ushbu yo‘nalishlardagi faoliyatlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan;  
jahon siyosiy tizimida global tarmoqning shaxslar yoki guruhlar e’tiborini global muammolarga jalb etishda siyosiy kommunikatsion va siyosiy texnologik imkoniyatlarga egaligi, shu bilan birga uning jamiyatda tartibsizlik, siyosiy beqarorlik, separatizm,  “rangli inqiloblar” kabilarni keltirib chiqaruvchi vayronkor omil ekanligiga oid xulosa va tavsiyalaridan foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Elektron hukumat markazining 2018 yil 6 sentyabrdagi 4600/ 24-01-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron hukumatning shakllantirilgan asosiy tamoyillari, axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida elektron davlat xizmatlariga talablar, AKT keng qo‘llanishi hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmatlari faoliyat natijalari to‘g‘risida axborot olinishida operativlik va qulaylikni ta’minlashga olib kelgan;
shaxs yoki guruhning o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, internetning salbiy axborotlarni tarqatish holatlariga chek qo‘yishda on-line va off-line muloqot, o‘zaro tajriba almashish, motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv, forumlar, ta’limiy platforma, intellektual karta, veb-kvest tizimidan foydalanishni tashkil etish ijtimoiy zarurat ekanligi borasidagi xulosalardan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik  fikrini o‘rganish markazi tomonidan jamoatchilik fikrini o‘rganishda, shuningdek, yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmatni kuchaytirish, yoshlarda milliy domenimizdagi saytlar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasini shakllantirish, xolis va noxolis axborotlarni bir-biridan farqlash, zararli ma’lumotlarga qarshi immunitetni kuchaytirishning ijtimoiy so‘rovnomalarda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 25 oktyabrdagi 01-6/340-son ma’lumotnomasi). Natijada internetning davlat va jamiyat hayotidagi roli, internetdagi g‘oyaviy-siyosiy kurash jarayonlariga nisbatan yoshlarning munosabati, yoshlarning ijtimoiy va xalqaro hayotni anglashdagi internetning ahamiyati, ommaviy ongni shakllantirishda internet texnologiyalarining o‘rniga doir sotsiologik tadqiqotlarning savolnomalarini tuzishda, tadqiqotlar rejalarini ishlab chiqish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
internetning aholi xususan yoshlarning mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlardan, kundalik voqea-hodisalardan xabardorligini oshirish hamda tezkor axborot manbalaridan olinayotgan ma’lumotlarga nisbatan mustaqil dunyoqarashi va fuqarolik pozisiyasini kuchaytirishdagi roliga oid taklif va tavsiyalardan  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasining V. “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar” yo‘nalishi 42- (Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz va hududiy bo‘linmalar, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy seminar-treninglar tashkil etish) bandida belgilangan vazifalarni ijro etishda, shuningdek, PZ-20170930369 raqamli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 24 avgustdagi 01/010-940-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa va takliflar Markazning ushbu yo‘nalishlardagi faoliyatlarining samaradorligini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish